O'shlik shoir Mug'anniy olamdan o'tdi


Mug'anniy taxallusi bilan ijod qilgan G'anijon Xolmatov

Mug'anniy taxallusi bilan ijod qilgan G'anijon Xolmatov

Qirg’izistonning O’sh shahrida “Mug’anniy” taxallusi bilan tanilgan taniqli shoir va qo’shiqchi G'anijon Xolmatov 65 yoshida hayotdan ko'z yumdi. Markaziy Osiyoga dong'i ketgan marhum qalamkash “muhabbat va sadoqat kuychisi” sifatida ta'riflanadi.

Marhum uzoq yillar qand kasalligi bilan og'rigani aytiladi.

G‘anijon Xolmatov 1949-yil 5-fevralda Qirg'izistonning O‘sh viloyatida tug‘ilgan.

1970-yil Toshkentdagi A.Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomlik san‘ati institutining aktyorlik bo'limini tamomlab, 1970-yildan 2007-yilgacha Bobur nomidagi O‘sh o‘zbek musiqali drama teatrida aktyor va bosh rejissor bo‘lib ishlagan.

Birinchi kitobi “Suyanganim tor bo‘ldi” 1994-yil, 2-3-kitobchalari “Yuz pora dil” 2000-yil, 4-kitobi “Sen ketding asta-asta” 2005-yil chop etilgan. Shoirning ko'plab she’r va g‘azallari taniqli hofizlar tomonidan ijro etilgan.

Quyida shoir Mug'anniyni yaqindan tanigan zamondoshlari bilan o'tkazilgan suhbatni e'tiboringizga havola etamiz:
XS
SM
MD
LG