Shimoliy Karolinada qonli to'qnashuvlar tinmayapti

  • Amerika Ovozi

Sharlott shahrida g'alayon

Sharlott shahrida g'alayon

Shimoliy Karolinaning Sharlott shahrida mana ikki kechadirki qonli to'qnashuvlar tinmayapti. Bunga hafta boshida Sharlott va Oklaxoma shtatidagi otishmalar sabab bo'lgan. Birida oq tanli politsiyachi qurolsiz qora yigitni, ikkinchisida qora tanli ofitser qora tanli shaxsni otib o'ldirgan. Huquq-tartibot idoralari qon to'kilishlarining oldini olish ustida bosh qotirmoqda.

Shimoliy Karolina shtati, Sharlott shahrida qora tanli ofitser afro-amerikalikni otib o'ldirgani ketidan g'alayon...

Namoyishchilar shtatdagi katta yo'lni to'sib qo'ydi. Politsiya mashinalarini ayab o'tirishmadi. 12 ofitser mayib bo'ldi. Marhum Kit Lamon Skottning oilasi politsiyadan g'azabda.

"Qo'lida quroli bor ekan deb, otib tashlashdi", - deydi marhumning singlisi.

"Ofitserlar unga ogohlantirish berdi. Qurolingni tashla deb aniq aytdi", - deydi rasmiylar.

16 soatlik yo'l narida, Oklaxomaning Tulsa shahrida oq ofitser qurolsiz qora tanlini otib o'ldirgan. Politsiyachining buyrug'iga bo'ysunmagan u.

Politsiyachi ayolning aytishicha, erkak qo'llarini ko'tarishdan bosh tortgan.

Holbuki, tarqatilgan videoda Terens Kratcherni qo'lini ko'targan holda ko'rish mumkin.

Har ikki qora tanli joriy yil politsiya qo'lidan o'lgan 706 shaxs ro'yxatida.

"Vashington Post" nashri hisoblariga ko'ra, shundan 173 nafari afro-amerikalik, 324 nafari oqlar.

Politsiyaning harakati diqqat markazida ekan, rasmiylar chora izlayapti. Virjiniyaning Feyrfaks tumanida politsiya to'qnashuvlarni kuzatib, tergov qilish uchun maxsus mutaxassis yolladi.

Texasning Dallas shahrida, misol, politsiya har ikki yilda bir emas, har ikki oyda bir marta maxsus mashqdan o'tadigan bo'ldi. Boshqa mahkamalarda ofitserlar kiyimiga kamera taqib yuradigan bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG