Tahlilchilar: Saylovda Klinton g'alaba qozonadi

  • Amerika Ovozi

Demokratlardan nomzod Hillari Klinton saylovchilar oldida Pensilvaniyada, 15-avgust, 2016-yil.

Demokratlardan nomzod Hillari Klinton saylovchilar oldida Pensilvaniyada, 15-avgust, 2016-yil.

AQShda prezident saylovlarigacha uch oy qoldi. Ammo qator tahlilchilarning aytishicha, demokratlar nomzod Hillari Klintonning respublikachi Donald Trampni ortda qoldirib, g’alaba qozonishi ehtimoli 80 foizga teng.

8-noyabrgacha 12 hafta bor. Prezident Barak Obama o’rniga yangi prezident saylanadi, yanvar oyidan esa ishga tushadi. Bu muddat ichida Klinton va Tramp orasida uchta debat bo’lib o’tishi kerak.

Hozircha Klinton Trampdan yetti foizga o'zib ketgan.

AQShning 50 shtatidan qirqtasida har to’rt yilda o’tkaziladigan prezident saylovlarida aksariyat fuqarolar odatda yoki demokrat, yoki respublikachiga ovoz beradi. Qolgan o’ntasi “o’zgaruvchan” shtat hisoblanadi, ya’ni bir saylovda aksariyat saylovchilar nomzodning siyosiy platformasiga qarab, demokratga ovoz bersa, kelasi saylovda respublkachini afzal ko’rishi mumkin. Shu bois bunday shtatlar saylovoldi kampaniyasini olib borayotgan nomzodlar uchun alohida ahamiyatga ega.

Hozirgi vaziyatni oladigan bo’lsak, “o’zgaruvchan” shtatlarda Klintonga ovoz bermoqchi bo’lganlar ko’proq.

Demokratlar partiyasi qurultoyi. 28-iyul 2016-yil

Demokratlar partiyasi qurultoyi. 28-iyul 2016-yil

Nufuzli “New York Times” va qator boshqa manbalarga ko’ra, Klintonning g’alaba qozonishi ehtimoli 80 foiz yoki undan-da ko’proq.

Qizig’i shundaki, o’tkazilgan so’rovlar aksariyat amerikaliklar har ikki nomzod haqida salbiy fikrga egaligini ko’rsatgan. Ammo Trampni tanqid qilayotganlar ko’proq. Demak, 8-noyabr kuni saylov uchastkasiga borgan amerikalik "menga kim ko’proq yoqadi” degan savolga emas, “kim mamlakatga kamroq ziyon yetkazadi” degan savolga javob izlab ovoz beradi.

Respublikachilar qurultoyidan keyin Tramp reytingi oshgan edi. Ammo AQShni himoya qilib, Iroqdagi jangda halok bo’lgan musulmon yigitning ota-onasi haqida salbiy gaplar gapirganidan keyin Trampning reytingi pasayib ketdi. U, shuningdek, Rossiya Klinton elektron pochtasiga xakerlik hujumini uyushshitirib, maktublarini oshkor etsin, deb aytdi, Obamani “Islomiy davlat”ga asos solganlikda aybladi.

Xon: "Tramp, Siz AQSh Konstitutsiyasini o'qiganmisiz? O'zimnikini berib turishim mumkin!"

Xon: "Tramp, Siz AQSh Konstitutsiyasini o'qiganmisiz? O'zimnikini berib turishim mumkin!"

"538" vebsayti, odatda, saylov natijalarini aniq bashorat qiladi. Bu saytga ko’ra, Klintonning saylovda g’alaba qozonishi ehtimoli 90 foizdan ko’proq.

“New York Times” gazetasi esa 87 foiz deydi.

Bunday bashoratlar va so’rovlar natijalariga qaramay, Tramp taslim bo’lmoqchi emas. Dushanba kuni u islomiy terrorizmga qarshi kurash rejasini e’lon qildi. Nomzod, shuningdek, Klintonni jihodchilarga qarshi kurashda ruhiy va jismoniy irodasizlikda aybladi.

Klinton bunga javoban Tramp xarakter va malaka jihatidan prezident bo’lish uchun noloyiq, deb aytdi.

Ayni vaqtda ayrim bayonotlaridan Tramp mag’lubiyatga tayyorga o’xshaydi. O’tgan hafta u agar yutqaszam, juda uzun ta’tilga chiqaman, degan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG