Hillari oldinda. Yo’q, Tramp oldinda

  • Amerika Ovozi

Bir qarasangiz respublikachi Donald Tramp reytinglarda oldinda. Boshqa kuni demokrat Hillari Klinton oldinda. Xo’sh, buni qanday aniqlashadi? Qo’shma Shtatlarda reytinglarni tuzish, ma’lumot jamlash usuli yillar davomida o’zgarib borgan. So’rovni kim olib borishiga qarab, natijalar ham farq qiladi.

Hillari 6 foiz oldinda. Yo’q, Tramp 6 foiz ildamlab ketgan. So’rovlar natijalari shu qadar har xil.

Baribir ishonamiz so’rovlarga, deydi suhbatdoshlar.

Deyvid Datvin “SSRS” nomli reyting firmasida mutaxassis. Firmaning yuzlab xodimlari har kuni yigirmata so’rov o’tkazadi.

Internet orqali qilingan so’rovga ishonib bo’lmaydi. Eshikma-eshik yurib so’rash qimmat. Yagona yo’li telefon.

Lekin bugun aksariyat oilalar mobil telefondan foydalanadi. Uyda telefoni borlar juda kam.

Yuzlab xonadonlarda uy telefoni yo’q bugun.

Qonun mobil telefonga avtomat usulda qong’iroq qilishni taqiqlaydi. Shu bois firma xodimlar soatlab telefonda o’tirishga majbur. Ko’plar vaqtim yo’q deb qo’yib qo’yadi.

Loaqal bir kishini suhbatga ko’ndirish uchun ba’zida 40 kishiga qo’ng’iroq qilish kerak bo’ladi.

Mobil telefon orqali ulanishning o’ziga yarasha ustunligi bor, deydi Pyu markazida Kortni Kennedi.

“Odatda so’rovda qatnashmaydigan ko’p guruhlar, xususan, yoshlar, afro-amerikaliklar, ispanzabonlar bilan bog’landik. Bu toifadagilarning uyida ko’pincha telefoni bo’lmaydi”.

Odamlar odatda fikr bildirishni xohlamaydi. Ammo joriy saylov yilida buning aksini kuzatish mumkin. Fuqarolarni gapdan to’xtata olmaysiz.

Firma xodimi Valentina Martinez bir xil savol beradi va javoblarga ishonsa bo’ladi. Ming kishining fikrini so’ray olsangiz, ishingiz bitdi hisob. Chunki aynan ming kishi Amerikada aksariyat aholi fikrini aks ettira oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG