Din

Rim papasi notinch Markaziy Afrika Respublikasida

  • Amerika Ovozi

Papa Markaziy Afrika Respublikasidagi qochqinlar lagerida. 29-noyabr, 2015-yil.

Papa Markaziy Afrika Respublikasidagi qochqinlar lagerida. 29-noyabr, 2015-yil.

Afrika bo'ylab safar qilayotgan Rim papasi Fransisk bugun Markaziy Afrika Respublikasida.

Bu mamlakat ahli papaning tashrifi musulmon va xristian isyonchilar o'rtasida davom etayotgan ixtilofda burilish yasaydi, deya umidvor.

2013-yilda Markaziy Afrika Respublikasida asosan musulmonlardan iborat isyonkor guruh Prezident Fransua Bozizeni hukumatdan ag'dargan edi.

Shundan beri yurt urush holatida. Ixtilof besh mingdan ziyod odamni hayotdan olib ketdi.

Hafta boshida papa Afrikaning eng qashshoq nuqtalaridan Keniya va Ugandada ham bo'ldi.

Fransisk Ugandada

Fransisk Ugandada

Odamlar papani olqishlamoqda.

Odamlar papani olqishlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG