Din

Rim papasi Fransisk Falastin va Isroil rahbarlarini Vatikanga taklif qildi

  • Amerika Ovozi

Fransisk Isroil va G'arbiy sohilni ajratgan devor yonida ibodat qildi.

Fransisk Isroil va G'arbiy sohilni ajratgan devor yonida ibodat qildi.

Yaqin Sharqqa safarini yakunlayotgan Fransisk Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va prezidenti Shimon Peres bilan uchrashdi.

Yaqin Sharq bo’ylab uch kunlik safarini yakunlagan Rim papasi Fransisk bugun Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va prezidenti Shimon Peres bilan uchrashdi.

Netanyaxu g’arbiy sohildagi Baytullahm shahrini devor bilan o’rash zaruratini izohladi. Uning aytishicha, Isroilga qarshi terror va zulm bas qilinsa, devor ham olib tashlanadi. Fransisk kecha aynan shu yerda ibodat qildi.

Shimon Peres esa pontifikka Falastin-Isroil tinchlik muloqotini jonlantirishga urinayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Fransisk Isroil prezidenti va Falastin rahbari Mahmud Abbosni kelasi oy Vatikanga taklif qildi.

Rim papasi safari chog’ida musulmon, yahudiy va xristian ahlini o’zaro hurmat, mehr-oqibatga undadi. Zo’ravonlikdan tiyilishga chaqirdi.

Avvalgi papalar mintaqaga safarini avval Tel Avivdan boshlab, keyin g’arbiy sohilga o’tar edi.

Fransisk avval Falastin ma’muriyatida, keyin Isroilda bo’lgani Falastin ahlining o’z davlatiga egalik qilish orzusiga dalda sifatida ko’riladi.

Bu tashrifdan sal oldin Falastin-Isroil muzokaralarining navbatdagi davrasi natijasiz tugagan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG