Din

Benedikt XVI papalikdan ketadi

  • Amerika Ovozi

Rim papasi bugungi bayonotida oxirgi bir necha oyda holdan toygani, vazifasini to’liq ado eta olmay qolganini aytgan.

85 yoshli pontifik 28-fevralda rasman iste’fo beradi.

Benedikt XVI 2005-yilda papalikni qabul qilgan. Asli ismi Jozef Ratzinger bo’lmish pontifik bu kursiga oxirgi ming yilda o’tirgan ilk nemis din peshvosidir.

Undan avval Rim-Katolik cherkovini Ioanт Pavel boshqargan edi.

U ayollar ruhoniylik qilishiga qarshi bo’lib, gomoseksuallikni gunoh deb bilgan.

Benedikt nazarida aholisi asosan musulmonlardan iborat Turkiya xristianlar Yevropasiga yot. Katolitsizm yagona asl e’tiqoddir, deb hisoblaydi u.

Papaligi davrida abort, homilaning oldini oluvchi vositalar va dunyoviylikka qarshi qarashlarni himoya qilgan.

Benedikt 1927-yilda dunyoga kelib, natsistlar Germaniyasida voyaga yetgan. Papalikka kirganida 78 yoshda edi.

Oxirgi 600 yilda birinchi marotaba papa ishdan bo’shashi. Kardinallar mart oxirigacha yangi pontifikni tanlashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG