Din

Rim papasi, rus patriarxi Kubada uchrashdi

  • Amerika Ovozi

Rim papasi Fransisk ham, patriarx Kirill ham Lotin Amerikasi bo'ylab safarda ekan, Kuba muloqot uchun betaraf bir manzil sifatida tanlandi. 

Rim papasi Fransisk ham, patriarx Kirill ham Lotin Amerikasi bo'ylab safarda ekan, Kuba muloqot uchun betaraf bir manzil sifatida tanlandi. 

Rim papasi Fransisk ilk bor Meksikaga safar qilar ekan, minglab odamlar juma kechqurun uni olqishlar bilan qarshi oldi.

Meksikadan oldin u Kubada Rossiya pravoslav cherkovi rahbari bilan ko'rishgan va har ikkisi nasroniy dini qadriyatlarini e'zozlashda hamfikr ekanini ta'kidlagan.

Rim papasi Fransisk ham, patriarx Kirill ham Lotin Amerikasi bo'ylab safarda ekan, Kuba muloqot uchun betaraf bir manzil sifatida tanlandi.

Raqib emas, og'a-ini, aka-uka sifatida suhbatlashdik, dedi Rim papasi.

Rim katolik cherkovi va pravoslav cherkovi rahbarlari Yaqin Sharq, va umuman dunyoda xristianlarni ta'qib qilishni bas qilishga, Ukrainadagi urushga barham berishga undadi.

Bu tarixiy uchrashuv vositasida pontifik va patriarx nasroniylikning bu ikki mazhabi o'rtasida asrlardan beri davom etayotgan ixtilof va tarqoqlikka yakun yasash niyatini bildirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG