Dori suiiste’moli – Amerikada keng tarqalayotgan muammo


Dori suiiste’moli – Amerikada keng tarqalayotgan muammo

Dori suiiste’moli – Amerikada keng tarqalayotgan muammo

Amerikada shifokor ko’rsatmasi bilan beriladigan dorilarni suiiste’mol qilish oqibatida har yili minglab odam hayotdan bevaqt ko’z yumadi.

Bu mamlakat aholisining beshdan bir qismi kuchli dorilarga mukkasidan ketgan.


Xanna Layos 15 yoshidan ularga ruju qo’ygan. “Tinchlantiruvchi dorilarni o’shanda dugonam bergan, hozirgacha o’zimni uza olmayman”, deydi.

Benzodiazapines, Valium, Xanax, Clonapin, Lorazapam … bu dorilar, xususan tarkibida afyun bo’lgan preparatlarni, Amerikada har bir xonadonda uchratish mumkin. Ulardan kayf qilish uchun foydalanayotgan o’smirlar soni ko’payib bormoqda.

Dori suiiste’moli – Amerikada keng tarqalayotgan muammo

Dori suiiste’moli – Amerikada keng tarqalayotgan muammo

“Vrach yozib bergan kuchli dorilar uyda yotgan bo’lsa bolalar ularni albatta topib oladi. Ota-ona esa bundan bexabar”, - deydi Xanna Layos.

Farmasevt Deyvid Vandrish bu haqda mijozlaridan ko’p eshitadi.

“Nabirasi ko’rib ketganidan keyin keksalar aptekaga kelishadi: dorimiz tugab qoldi, to’ldiring bering deb. So’rasangiz, nima bo’lganini bilishmaydi”, - deydi farmasevt.

Sog’liqni saqlash va narkotiklarga qarshi kurash idoralarining qayd etishicha, bu - Amerika bo’ylab yoshlar orasida keng tarqalayotgan muammo.

Depressiya, uyqusizlik, ruhiy bezovtalikka qarshi vrach ko’rsatmasi bilan beriladigan preparatlar kayfichog’lik uchun ishlatilmoqda. O’rganib qolsangiz, changalidan qutula olmaysiz.

Epidemiyaning oldini olishga qaratilgan yangi dastur bir million shifokorni treyningdan o’tkazish, og’riqni kamaytiruvchi va boshqa dorilar ma’lumot bazasini yaratish, aholini ogoh qilishni ko’zlaydi.

Dori suiiste’moli – Amerikada keng tarqalayotgan muammo

Dori suiiste’moli – Amerikada keng tarqalayotgan muammo

Monitoring tizimini ham takomillashtirmasa bo’lmaydi, deydi prezident maslahatchisi Gil Karlikovskiy.

“Narkomaniya faqat yoshlarga taalluqli muammo desam xato bo’ladi. Boy-u kambag’al, yosh-u qari … jamiyatning har bir qatlamiga tarqalib bo’lgan”, - deydi rasmiy.

Xanna Layos qalbaki ko’rsatma bilan dori xarid qilayotganda qo’lga tushib, qamoqda o’tirib chiqdi. Tirik qolganiga shukur qiladi.

Rich Perri esa dozasidan ko’p iste’mol qilib, 21 yoshida hayotdan ko’z yumgan. Hali maktabda o’qib yurganidayoq boshlagan ekan. Uning ota-onasi boshqalarni ogohlikka chaqiradi.

“Bilganimizda, boshidan chora ko’rgan bo’lardik. Esli-hushli, maktabda a’lochi bola edi. Golf o’ynardi. Shubha qilishga asos bo’lmagan”, - deydi otasi.

Dori suiiste’moli – Amerikada keng tarqalayotgan muammo

Dori suiiste’moli – Amerikada keng tarqalayotgan muammo

Rich Perri kuchli dorilarga mukkasidan ketib, keyinchalik geroin iste’mol qilishga ham o’tgan ekan. Hozir qora bozorda hammasi bir rastadan sotiladi. Yaqinlari xabar topgach, uni muojalaga majburlashdi. Lekin farzand bu xastalikdan qutula olmadi.

“Muolajaga qatnab, hech bo’lmaganda kasallik alomatlari va uni yengish yo’llari haqida bilib olasiz. Sog’ayib chiqasiz deb hech kim kafolat bermaydi. Mana shu tabletkalar o’g’limizning boshini yedi”, - deydi onasi.

Perrilar oilasi boshiga tushgan kulfat boshqalarga saboq. Aynan shu maqsadda ular kampaniya boshlagan.

XS
SM
MD
LG