Saylovdan saylovga, targ'ibot chegara bilmaydi

  • Amerika Ovozi

AQShda prezidentlik uchun kurash avjida. Respublikachilar hali nomzod tanlagani yo'q. Saralash jarayoni davom etmoqda.

AQShda prezidentlik uchun kurash avjida. Respublikachilar hali nomzod tanlagani yo'q. Saralash jarayoni davom etmoqda.

Amerikada siyosatchilar, ayniqsa prezidentlikka nomzodlar o’z fikr-qarashlarini saylovchiga yetkazish uchun har qanday vositani ishga solishga tayyor.

“Newseum” - ommaviy axborot vositalari muzeyida ochilgan ko’rgazma bir asrlik tarixga, saylovlarni yoritish qanchalik o’zgarib borayotganiga nazar tashlaydi. Gazetalardan “Facebook” va “Twitter” gacha.

Nomzodlar o'zlarini mahallama-mahalla, kerak bo'lsa, fuqaroma-fuqaro targ'ib qiladi

Nomzodlar o'zlarini mahallama-mahalla, kerak bo'lsa, fuqaroma-fuqaro targ'ib qiladi

Amerika prezidenti bo’laman degan siyosatchilar oddiygina fuqaro ekanini namoyish etishga harakat qiladi. Qayerga bormasin, yuzlab jurnalistlar…

Masalan, 2008-yilda Demokratik partiyadan prezidentlikka da’vogar Barak Obama Pensilvaniya shtatida bouling o’ynashga kirganini hamma eslaydi.

Ana sizga reklama, deydi “Newseum” koordinatori Petti Rul.

"Obamani u yerga yuborishdan maqsad oddiy xalq orasidan chiqqanini ko’rsatish edi".

Prezidentlikka yana bir nomzod Xillari Klinton esa shu payt qo’shni Indiana shtatida qadah ko’targan.

Nomzodlar sodiq tarafdorlaridan keng foydalanadi

Nomzodlar sodiq tarafdorlaridan keng foydalanadi

Ommaviy axborot vositalari muzeyida Oq uyga da’vogarlar qo’llagan buyumlar, video va suratlarni ko’zdan kechirib, tarixni varaqlaysiz. Xabarni ommaga yetkazuvchi vositalar - gazeta, radio, televideniye va bugun internet.

1950-yillarda televideniye rivojlana boshlagani saylov kampaniyalarini o’zgartirib yubordi. 1960-yilda Jon Kennedi va Richard Nikson ilk bor teledebatda qatnashib, rahbarlikka kim munosib ekani haqida bahslashgan.

Bugungi zamonga qaytsak… prezident saylovlarini debatsiz tasavvur qilish qiyin.

Bundan tashqari nomzodlar raqiblarini yomonlab, ekranlarni salbiy reklamaga to’ldirmoqda.

"Newseum", Vashingtondagi axborot va jurnalistika muzeyida ochilgan ko'rgazma AQShda prezidentlik kampaniyalariga yaqindan nazar tashlaydi

"Newseum", Vashingtondagi axborot va jurnalistika muzeyida ochilgan ko'rgazma AQShda prezidentlik kampaniyalariga yaqindan nazar tashlaydi

Ommaviy so’rovlarga qaraganda, bundan norozi saylovchilar siyosiy xabarlarni boshqa joydan olayapti.

Amaldagi siyosatni hajviya bilan aralashtirib, talqin qilib beradigan ko’rsatuvlar yoshlar orasida shuhrat qozonyapti.

Tarafdorlar bilan bog’lanish uchun bugun televideniye emas, internet muhimroq.

“Twitter” da yozishadi. “Facebook” da rasmlar. “YouTube” ga video lavhalar qo’yiladi.

Amerikada prezident har to’rt yilda saylanadi. Ko’rgazmaga ham shunday nom berilgan – “Har to’rt yil”.

Nomzodlar fuqaro bilan bog’lanish, matbuot esa buni yaxshiroq yoritish yo’llarini izlash bilan band. “Newseum” ko’rgazmani muntazam yangilab boradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG