3-may - Xalqaro matbuot erkinligi kuni

  • Amerika Ovozi

Bugun - Xalqaro matbuot erkinligi kuni. BMT qarori bilan bu ayyom 1993-yildan beri nishonlab kelinadi.

Erkin axborot olish - uzviy huquq, lekin jahonning o'nlab mamlakatlarida fuqarolar o'z fikrini ochiq aytish va muhokama qilish, jurnalistlar jamiyatdagi eng nozik muammolarni yoritish imkoniyatidan mahrum, deyiladi BMT bayonotida.

Parijda asoslangan "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotiga ko'ra, matbuot erkinligi bo'yicha yetakchi o'rinni qatorasiga beshinchi yil Finlyandiya egallab kelmoqda. Undan keyingi o'rinlarda Norvegiya va Gollandiya.

180 davlatni o'z ichiga olgan reyting oxiridan Turkmaniston, Shimoliy Koreya, Eritreya, Suriya va Xitoy joy olgan. O'zbekiston 166-o'rinda.

Matbuot erkinligi indeksida Qo'shma Shtatlarga 49, Britaniyaga 34 va Yaponiyaga 61-o'rinlar tegdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG