Breaking News

Amerikaning besh yirik shtatida saylovlar


Florida shtatidagi saylov uchastkasi.
Florida shtatidagi saylov uchastkasi.

Amerikaning besh yirik shtati seshanba, 15-mart kuni prezidentlikka har ikki partiyadan yagona nomzodga ovoz berdi.

"Super seshanba"da Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp, Demokratlar partiyasidan Xillari Klinton Floridada g'alaba qildi. Klinton Shimoliy Karolina, Ogayo va Illinoysni ham qo'lga kiritdi.

Respublikachilardan gubernator Jon Keysik Ogayoni ilib ketdi. Tramp Illinoys va Shimoliy Karolinada g'olib bo'ldi.

Missuri shtatida har ikki partiyadan nomzodlar deyarli teng ovoz olgan.

Florida shtatidan respublikachi Marko Rubio esa poygadan chiqishga qaror qildi. Uning shtati Donald Trampga ovoz bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG