Marhum xonanda Prins afg'onistonlik bolalarga yordam berib kelgan

  • Amerika Ovozi

Amerikada taniqli xonanda Prins o'limidan ikki hafta o'tib, u xayriya bobida salmoqli ishlar qilgani haqida yangi xabarlar paydo bo'ldi.

Gumanitar tashkilotlardan birining "Amerika Ovozi"ga bildirishicha, Prins afg'on yetimlari va nogiron insonlarga hayotining oxirigacha minglab dollar xayriya qilgan.

Xonanda Kobulda asoslangan PARSA tashkilotiga yetim o'g'il-qizlar uchun mashq markazi barpo etishga yordam bergan.

"Saxovatli inson edi", - deydi gumanitar tashkilot vakili Marni Gustavson. "Birovga bu xayriya ishlari haqida lom-mim demagan. Buni ko'z-ko'z qilmagan", - deydi u.

PARSA tashkiloti yuritayotgan loyiha afg'onistonlik bolalarni o'qimishli qilib, ekstremizm yo'liga kirishining oldini olishga xizmat qiladi.


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG