AQSh O'zbekistonga insonparvarlik yordami ko'rsatdi

  • Amerika Ovozi

O'zbekistonga Amerikadan katta miqdorda tibbiy vositalar olib kelingan. Bu borada bugun AQSh elchisi Pamela Spratlen, respublika Sog'liqni saqlash vaziri Anvar Alimov hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Jorj Deykun va “Project HOPE” tashkiloti vakili Mariam Sianozova e'lon qildi.

Britaniyaning “GlaxoSmithKline” va AQShning “Merk Sharp & Dohme” kompaniyalari 2 million 255 ming dollarga teng vositani "O‘zbekiston havo yo‘llari" orqali yetkazgan.

Bu, deya bildiradi elchixona, xususiy va notijoriy sektorning xalq salomatligi yo'lida hamkorlik qilayotganiga yaqqol misol.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi 1992-yildan buyon O‘zbekistonga 356 million dollardan ortiq miqdorda ko‘mak ko‘rsatgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG