Chekish prostata rakining og'ir turiga yetaklashi mumkin

  • Amerika Ovozi

Chekish prostata rakining og'ir turiga yetaklashi mumkin

Chekish prostata rakining og'ir turiga yetaklashi mumkin

Har yili dunyo bo’ylab 250 mingdan ziyod erkak prostata raki tufayli hayotdan ko’z yumadi.

Amerika Shifokorlar Uyushmasi bu borada yaqinda hisobot berib, tamaki mahsulotlarini iste’mol qiluvchilar prostata rakining eng agressiv turiga chalinishi mumkin deb ogohlantirdi.

Amerikada kelasi yildan boshlab tamaki mahsulotlarini sotish borasida yangi qonun kuchga kiradi. Unga ko’ra, sigareta qutilaridan kashandalik oqibatini tasvirlovchi rasmlar joy oladi. Achchiq haqiqat shuki, tamakiga mukkasidan ketganlar uchun undan voz kechish oson ish emas.

“Menimcha bu dunyodagi eng mushkul ish bo’lsa kerak”,- deydi Mil Arsega, 16 yoshidan beri sigareta chekadigan amerikalik.

“Bir necha bor tashlashga harakat qildim. Lekin baribir bo’lmadi”.

Arsega kabi chekishni tashlashga urinayotganlar son sanoqsiz.

Chekish prostata rakining og'ir turiga yetaklashi mumkin

Chekish prostata rakining og'ir turiga yetaklashi mumkin

Tamaki iste’mol qilish rakning kamida 10 xil turiga yetaklashi mumkin.

“Mana hozir prostata raki ham qo’shilgan. U ham chekish oqibatida paydo bo’ladi”,- deydio Steysi Kenfild, Garvard Universiteti olimasi.

Kenfield va uning hamkasblari besh mingdan ziyod erkakni 20 yil davomida kuzatib, ularni doimiy ko’rikdan o’tkazib borgan.

Xulosa shuki, chekuvchi erkakning prostata raki tufayli vafot etish ehtimoli 61 foiz yuqori. Agar avval kasallanib, keyin tuzalib ketgan bo’lsa ham, kasallikning qaytalanishi ehtimoli, umuman chekmaydigan odam bilan solishtirganda, 60 foizdan yuqori.

Bu hammasi emas. Endigina diagnoz qo’yilgan paytda chekishni bas qilmasangiz, prostata raki rivojlanib tez fursatda o’limga olib kelishi mumkin.

Steysi Kenfieldning erkaklarga maslahati shu: kech bo’lmasidan avval kashandalikni tashlang.

Agar bordiyu prostata rakiga uchragan bo’lsangiz, chekishni tashlash bilangina umrni uzaytirish mumkin. Izlanishlar shuni ko’rsatmoqda, deydi u.

“Prostata rakiga chalingan insonlar 10 yil avval chekishni tashlagan bo’lsa, ularning sog’ayib ketish yoki vafot etish holatlari hech qachon chekmagan odam bilan bir xil”,- deydi olima.

Bu ijobiy xabar. Shu kungacha prostata rakiga qarshi bunchalik samarali yo’l haqida bilmas edik. Lekin azaliy kashandalar hayoti hamon xavf ostida.

"Chekish sog’liq uchun zararli! U o’limga yetaklaydi degan ogohlantirishlarga doim quloq tutamiz, lekin deyarli e’tibor bermaymiz",- deydi Mil Arsega.

"Salbiy oqibatlarini bilsak-da, doim bahona qidirishga harakat qilamiz. O’sha kasalliklar menga yuqmaydi deb o’ylaymiz”.

Har safar sigareta tutatganingizda uning oqibatlari haqida o’ylang. Nafaqat o’zingiz, balki atrofdagilar, ayniqsa oilangizni unutmang.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG