Rossiya muxolifati NTV ko'rsatgan hujjatli film "yolg'on" deydi

  • Amerika Ovozi

NTV oldida hibsga olinganlar orasida muxolifat liderlaridan biri Sergey Udalsov ham bor

NTV oldida hibsga olinganlar orasida muxolifat liderlaridan biri Sergey Udalsov ham bor

Moskvada NTV telekompaniyasining binosi yonida namoyishga chiqqan bir necha odam hibsga olingan.

Yaqinda telekanal prezidentlikka saylangan Vladimir Putinga qarshi namoyishlarda qatnashgan odamlarga pul to’langanini da’vo qilib, hujjatli film namoyish etgan edi.

500 ga yaqin muxolifatchi buni yolg’on deb, NTV ni noxolislikda ayblagan va “Putinsiz Rossiya”, “NTV ga uyat” shiorlari bilan kecha ko’chaga chiqqan.

Namoyish o’tkazish uchun ruxsat bo’lmagani bois politsiya ishtirokchilarni hibsga olgan.

Ular orasida muxolifat yetakchilaridan biri Sergey Udalsov ham bo’lib, hujjatli filmni ishlagan jurnalistlarni “sotqinlar” deb atagan.

Filmda aytilishicha, Putinga qarshi namoyishlarni G’arb moliyalagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG