"Birlik" harakati asoschilaridan biri Abdumannop Po'lat AQShda vafot etdi

  • Amerika Ovozi

Abdumannop Po'lat 59 yoshda edi. Safdoshlari uni haqiqatgo'y, ko'nglidagi gapini ochiq aytadigan, halol va jafokash inson sifatida eslaydi.

Abdumannop Po'lat 59 yoshda edi. Safdoshlari uni haqiqatgo'y, ko'nglidagi gapini ochiq aytadigan, halol va jafokash inson sifatida eslaydi.

O'zbekiston inson huquqlari jamiyatining sobiq raisi, "Birlik" xalq harakati asoschilaridan biri Abdumannop Po'latov 21 noyabr kuni olamdan o'tdi. Faol 59 yoshda edi.

1990-yillar boshida siyosiy bosim ostida vatanini tark etgan muxolifatchi uzoq davrdan beri Qo'shma Shtatlarda yashayotgan edi.

Abdumannop Po'lat mustaqil ekspert sifatida Vashingtondagi siyosiy tadbirlarda qatnashar, yurti O'zbekiston bilan bog'liq vaziyat xususida izlanib, uni tahlil qilib kelar edi. Global tarmoq hamda muxolifat nashlarida o'nlab maqolalari, sharhlari chop etilgan.

Uni og'ir xastalik, rak hayotdan olib ketdi. Safdoshlari Abdumannop Po'latni haqiqatgo'y, ko'nglidagi gapini ochiq aytadigan, erkinlik kuychisi, halol va jafokash inson sifatida eslaydi.

Andijonlik huquq himoyachisi Saidjahon Zaynobiddinov va boshqa faollar fikricha Abdumannop Po'lat yuqori madaniyatli, yuqori bilimli va bir paytning o'zida yoqimtoy oddiy bir inson edi.

Marhum Virjiniya shtatidagi musulmonlar qabristonida dafn etiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG