Rasmiylar Putinning kasal ekani haqidagi gaplarni inkor etdi

  • Amerika Ovozi

Putin 5-mart kuni Moskvada Italiya Bosh vaziri Matteo Renzi bilan ko'rishganidan beri xalqqa ko'rinish bergani yo'q.

Putin 5-mart kuni Moskvada Italiya Bosh vaziri Matteo Renzi bilan ko'rishganidan beri xalqqa ko'rinish bergani yo'q.

Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi davlat rahbari kasal ekani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

Dmitriy Peskovning aytishicha, 62 yoshli prezident sog'-salomat.

Rusiyzabon internet sahifalarida oxirgi paytlarda Putin yo og'irlashdi, yo o'ldi, yo raqib guruhlar tomonidan chetlatildi degan xabarlar tarqalgan edi.

Putin 5-mart kuni Moskvada Italiya Bosh vaziri Matteo Renzi bilan ko'rishganidan beri xalqqa ko'rinish bergani yo'q.

12-13-mart kunlari Ostonada Qozog'iston va Belarus prezidentlari bilan belgilangan uchrashuv ham qoldirilgan.

"Reyter" axborot agentligi Qozog'iston hukumatidagi manbalariga tayanib Putinning ahvoli og'irlashgani bois uchrashuv bekor qilingan, deya xabar tarqatdi. Rossiya prezidenti Janubiy Osetiya yetakchilari bilan chorshanbaga belgilangan muloqotini ham bekor qilgan.

Peskovning aytishicha, Putin juda band va shu bois jamoatchilikka ko'rinish bermay qo'ygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG