Putin Lotin Amerikasi bo'ylab safarda

  • Amerika Ovozi

Kuba rahbari Raul Kastro bilan, Gavana, 11-iyul, 2014

Kuba rahbari Raul Kastro bilan, Gavana, 11-iyul, 2014

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Lotin Amerikasiga olti kunlik safarini Kubadan boshladi.

Kecha u Gavanada Raul Kastro bilan muloqot qildi. Qator hujjatlar imzolangan.

Rossiya Kuba qarzining 90 foizidan kechmoqda. 35 milliard dollardan oshiq pul bu. Buning evaziga Rossiyaga Kubaning shimoliy sohillarida neft zaxiralari topish va qazishga ruxsat beriladi.

Putin Kubaning otasi deya ulug’lanadigan Fidel Kastro bilan bir soat o’tirib gaplashgan.

So’ngra Rossiya rahbari Nikaraguaga borib, prezident Daniel Ortega bilan bir soatlik suhbat qurgan.

Ayni damda Putin Argentinada prezident Kristina Fernandez bilan uchrashmoqda.

Putin Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani o’z ichiga olgan BRICS guruhi sammitida qatnashadi. Tadbir Braziliyada o’tadi.

Rossiya prezidenti Rio-de-Janeyroda futbol bo’yicha jahon chempionatining final o’yinini tomosha qilish niyatida.

Ukrainaga nisbatan siyosati keskin tanqid ostida qolayotgan Putin deydiki, Lotin Amerikasi davlatlari Rossiyaning barqaror hamkorlari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG