Putin Karimov qabrini ziyorat qildi

  • Amerika Ovozi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin (o'ngda) O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan Samarqandda Islom Karimov qabriga gul qo'ymoqda, 6-sentabr, 2016-yil.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin (o'ngda) O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan Samarqandda Islom Karimov qabriga gul qo'ymoqda, 6-sentabr, 2016-yil.

Seshanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin marhum Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga tashrif buyurdi. Rossiya rahbari Xitoyda o’tgan Katta Yigirmalik sammiti sabab Karimovning dafn marosimida qatnasha olmagan edi. Tadbirda Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev ishtirok etgan.

Biroq Xitoydagi sammit yakunlangach, Putin Samarqandga yo’l oldi. Uning aytishicha, Karimov unga doim yaxshi munosabatda bo’lgan, yuzma-yuz uchrashuvlarda unga “Volodya” deb murojaat qilgan va o'ziga yaqin olib sensirab gaplashgan.

Putin Karimovning qabriga gul qo’yib, ta’zim qildi, so’ng uning rafiqasi va kenja qizi bilan muloqot qildi. Samarqandda Putinga konstitutsiya bo’yicha vaqtincha prezident lavozimini bajarayotgan Senat raisi Nig'matilla Yo’ldoshev emas, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev hamrohlik qildi.

AQSh davlat kotibi muovinining o’rinbosari Daniyel Rozenblum ham Prezident Islom Karimovni xotirlash uchun Toshkentga borgan. “Reyter” axborot agentligining xabar berishicha, AQSh Davlat departamentida Markaziy Osiyo siyosatiga mas’ul Rozenblum Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG