Putin Olimpiya o’yinlarida namoyishlarga qo’yilgan cheklovni yumshatdi

  • Amerika Ovozi

Prezident Putin, sobiq xokkey ustasi Pavel Bure bilan Sochida kuch sinashdi. 4-yanvar, 2014-yil.

Prezident Putin, sobiq xokkey ustasi Pavel Bure bilan Sochida kuch sinashdi. 4-yanvar, 2014-yil.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Olimpiya o’yinlariga mezbon Sochi shahrida va uning atrofida namoyishlarga qo’yilgan cheklovni yumshatdi.

Putin o’tgan yili 7-yanvardan 21 martga qadar Qora dengiz bo’yidagi bu shaharda xalqaro musobaqalarga bog’liq bo’lmagan chiqishlarni man qilgan edi.

Bu qaror inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga uchradi.

Ayrim yetakchilar, xususan, Amerika prezidenti Barak Obama Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimiga bormoqchi emas.

Bu Qishki musobaqalar oldidan ahvol notinch ekani, xurujlar ehtimoli yuqori ekani bilan izohlanayapti. Yaqinda Sochi yaqinidagi Volgograd shahrida ikki bor portlash sodir etilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG