Putin Amerika bilan rishtalarni yaxshilamoqchi

  • Amerika Ovozi

Rossiya prezidenti AQSh Mustaqillik kunida Barak Obamaga tabrik yo’lladi. Tafovutga qaramasdan Putin aloqalar rivojlanishda davom etishiga umid bildirgan.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Rossiya va Qo’shma Shtatlar o’rtasida rishtalarni yaxshilashga undadi.

Putin AQSh Mustaqillik kunida Obamaga tabrik yo’lladi.

O’zaro tafovutga qaramasdan Putin aloqalar tenglik va adolat tamoyillari asosida rivojlanishda davom etishiga umid bildirgan.

Xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda ham Amerika, ham Rossiya birday javobgar, deydi Rossiya rahbari.

Ukrainadagi inqirozdan beri Moskva va Vashington aloqalari keskin sovuqlashgan. AQSh va Yevropadagi ittifoqchilar Rossiya bilan diplomatik hamkorlikni qisqartirib, sanksiyalarni ishga soldi.

Moskva Ukrainadagi bo’lginchilarni qo’llab-quvvatlashda davom etsa, G’arb qo’shimcha sanksiyalarni ishga solmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG