Afg'oniston Rabboniyga qarshi xuruj Pokistonda rejalangan demoqda

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston Rabboniyga qarshi xuruj Pokistonda rejalangan demoqda

Afg'oniston Rabboniyga qarshi xuruj Pokistonda rejalangan demoqda

Afg'oniston razvedkasi sobiq prezident Burhoniddin Rabboniyga qarshi xurujning Pokistonda rejalanganiga doir dalillarni qo'shni davlatga taqdim etganini bildirmoqda.

Rabboniy 20-sentabr kuni o'z uyida suiqasd xuruji natijasida o'lgan edi. Afg'oniston nazarida xuruj Pokistonning Kvetta shahrida rejalangan. Razvedka hibsdagi bir necha odamdan olingan ma'lumotga tayanib, shunday xulosaga kelgan.

Ammo Pokiston hukumati vakilining Amerika Ovoziga aytishicha, qo'shni Afg'onistonda qotilikka doir axborot olinmagan. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, Tolibon rahbariyati Kvettada joylashgan, biroq toliblar shu kungacha Rabboniyning o'limi ularning ishi ekanini tan olmagan.

Rabboniy jangarilar bilan tinchlik muloqotiga mas'ul kengash rahbari edi. Afg'oniston prezidenti Hamid Karzayning aytishicha, Tolibon bilan muloqotdan foyda yo'q, rasmiy Kobul bundan keyin bu haqda Pokiston bilan gaplashadi. AQSh nazarida Pokiston razvedkasining Tolibonga ta'siri katta.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG