Breaking News

"Islomiy davlat" Markaziy Osiyoga yurish rejalayaptimi?


"Islomiy davlat" jangarilari Suriyaning Raqqa shahrida
"Islomiy davlat" jangarilari Suriyaning Raqqa shahrida

"Islomiy davlat" Markaziy Osiyoga hujum qilmoqchi degan gaplar asossiz, deydi ekspertlar. Shuningdek, deydi ular, yoshlar nima uchun radikal oqimlarga qo'shilayotganini ham izchil o'rganish kerak.

"Islomiy davlat" jangarilari Markaziy Osiyoda, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:53 0:00

“Ozodlik” radiosining turkman xizmati Kobuldagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Afg'onistonning Turkmaniston bilan chegeradosh ayrim hududlarida “Islomiy davlat” bayrog'ini ko'targan jangarilar yuribdi. Mahalliy aholini o'z saflariga da'vat etayotgan bu odamlar yaxshi qurollangan va ba'zi toliblar ularga qo'shilgani aytiladi.

Avvalroq qirg'izistonlik ekspert Qodir Malikov "Islomiy davlat" O'zbekistondagi vaziyatni izdan chiqarishni maqsad qilgan qo'poruvchilik amaliyoti uchun 70 million dollar mablag' ajratgan, deya gap ochgan edi. Uning fikricha, bu jangarilar, asosan, Markaziy Osiyo fuqarolaridan tashkil topgan.

Yaqinda Markaziy Osiyo va jihodchilik haqida hisobot chop etgan Bo'hronlarni o'rganuvchi xalqaro guruh xulosasiga ko'ra, “Islomiy davlat” tarkibida mintaqadan eng katta guruhni o'zbeklar tashkil etadi. Ular Qirg'iziston va O'zbekistondan, asosan Farg'ona vodiysidan, deyiladi tahlilnomada.

Suriyada jang qilayotgan o'zbeklar soni ikki mingdan besh minggacha ekani taxmin qilinadi. O'zbekiston Islomiy Harakati "Islomiy davlat” ni qo'llab bayonot tarqatgan.

Ammo O'zbekiston xavfsizlik idoralari bu borada biror bayonot chiqargani yo'q. Toshkentdagi siyosatshunoslar nazarida, “Islomiy davlat” ning mintaqada faollashgani ortiqcha bo'rttirilgan va xalqaro koalitsiya uni mag'lub etishi ehtimoli yuqori.

Ekspert Farhod Tolipov:

“Agar “Islomiy davlat” boshqa bir geografik hududda faoliyat yurgizmoqchi bo'lsa, avvalo, o'z hududidagi urushda g'alaba qozonib, mustahkam o'rnashishi kerak. Ammo buning ehtimoli juda kam. Shuning uchun uni Afg'onistonda faoliyat yuritishi juda murakkab. Albatta, ayrim vakillari Afg'onistonda paydo bo'lgan deyish mumkin, lekin ularni katta kuch deyish qiyin. Qolaversa, xalqaro koalitsiyaning “Islomiy davlat”ga nisbatan kurashi muvvafaqtiyatli o'tmoqda. Tashkilot kuchi kamaygan, zaiflashgan”.

Bo'hronlarni o'rganuvchi xalqaro guruh tahlilicha, “Islomiy davlat” nafaqat jihodga kirayotgan jangarilar, balki bu guruhni qo'llayotgan aholi hisobiga ham kengaymoqda. Buning asosiy sababi - mavjud tuzumlar adolatsiz. Jumladan, Qirg'izistonda o'zbeklarga nisbatan adolatsizliklardan to'yganini aytayotgan yoshlar radikal oqimlardan najot izlab, "jihod" yo'lini tanlamoqda.

O'zbekistonda esa radikal qarashlarga yetaklayotgan sabab deb dunyoviy jamiyatdan kutilgan umidlar puchga chiqayotgani aytiladi.

Huquq himoyachilari buni dindorlarga nisbatan tazyiqlar kuchaygani bilan izohlaydi. Ayrim ekspertlar fikricha esa bu qarashlar eskirgan, mutaassiblikka yetaklovchi omillar yuzasidan jiddiy tadqiqotlar olib borish kerak.

Toshkentdan yana bir mutaxassis Anvar Nazirov:

"Hukumat xohlasin, xohlamasin, baribir radikallikka moyil ma'lum bir qatlam bo'ladi. Rossiyadagi muhojirlarni jihodga ketayotgani muammoning bir qismi bo'lishi mumkin. Ishsizlik, muhojirlik hukumatning iqtisodiy islohotlar o'tkazmayotgani bilan bog'liq. Boshqa sabablaridan biri diniy targ'ibotning ham qandaydir g'alati ahvolda ekanligidir”.

O'zbekistonda so'nggi paytda jihodiy guruhlar, Suriyadagi janglarga aloqadorlik yuzasidan bir nechta sud jarayonlari o'tdi. Ayblanganlarning aksariyati mehnat muhojirligidan qaytgan fuqarolar. Huquq himoyachilari deydiki, tasdiqlanmagan ayblovlar asosida o'tayotgan bu sudlar vaziyatni yanada qaltislashtiradi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG