Rossiya koinotga teleskop uchirdi

  • Amerika Ovozi

Bir necha oy ichida teleskop yer sayyorasidan ancha uzoqlashadi

Bir necha oy ichida teleskop yer sayyorasidan ancha uzoqlashadi

Rossiya insoniyat tarixida eng katta teleskopni koinotga uchirdi.

“Roskosmos” agentligi xabariga ko’ra, “Spektr-R” deb nomlangan vosita kosmos chegarasini aniqlashga harakat qiladi va samoviy jumboqlarni yechishda yordam beradi.

“Roskosmos” agentligi xodimi Vladimir Bobishkinning Rossiya televideniyesiga bergan intervyusida aytishicha, bir necha oy ichida teleskop yer sayyorasidan ancha uzoqlashadi va insoniyat oldida turgan ko’plab savollarga javob qidiradi.

AQSh tomonidan uchirilgan “Xabbl” (Hubble) teleskopiga qaraganda “RadioAstron” 100.000 barobar kattaroq tasvirlarni yerga yuborishga qodir.

AQSh tomonidan uchirilgan “Xabbl” (Hubble) teleskopiga qaraganda “RadioAstron” 100.000 barobar kattaroq tasvirlarni yerga yuborishga qodir.

"Azal-azaldan odamlar biz, sayyoramiz, quyosh, galaktika borligini bilsa-da, boshqa mavjudot ham bormikin deya qiziqib kelgan. Albatta, parallel dunyolar va davr mashinasidagi sarguzashtlar ilmiy fantastikadan boshqa narsa bo’lmasligi mumkin. Lekin ayni vaqtda atrof-dunyoning bor-yo’g’i to’rt foizi haqida bilimga egaligimizni esdan chiqarmay, qolganini ham o’rganishga umid qilyapmiz”, - deydi u.

“RadioAstron” loyihasi nomi ostida tanilgan eng katta teleskop diametri 10 metrlik antennaga ega.

Shu paytgacha eng katta deb hisoblangan va AQSh tomonidan uchirilgan “Xabbl” (Hubble) teleskopiga qaraganda “RadioAstron” 100.000 barobar kattaroq tasvirlarni yerga yuborishga qodir.

Rossiya koinotga teleskop uchirdi

Rossiya koinotga teleskop uchirdi

Bu odamzodning ko’plab savollariga javob beradi, deydi Bobishkin.

"RadioAstron odamzod bilimini oshiradi. Biz aslida astrofizikadagi yangi ilmiy inqilob bo’sag’asida turgan bo’lishimiz mumkin. Bu holda biz qora materiya va qora teshiklar kabi jumboqlarni yecha olamiz”, - deydi olim.

Sovet davrida teleskopni 1991 yilda koinotga uchirish rejalangan edi. Ammo ittifoq parchalinib ketganidan so’ng bu boradagi ishlar to’xtatildi.

Mana endi o’zining koinotdagi yetakchiligini qayta tiklashga urinayotgan Moskva teleskopni samoga uchirdi.

Rossiya koinotga teleskop uchirdi

Rossiya koinotga teleskop uchirdi

Bu - so’nggi 25 yilda Rossiya amalga oshirgan birinchi yangi loyiha bo’ldi.

Rossiya televideniyesiga bergan intervyusida yana bir mutaxassis Anatoliy Kovalenko hayotining katta qismini ushbu loyihaga bag’shlagani va nihoyat uning ishlari samara berganini xursandchilik bilan gapirdi.

"Xudoga shukur, koinotdagi ilmiy ishlar yana davom etyapti. Ko’z tegmasin, ishqilib hammasi yaxshi bo’lsin”, - deya niyat qiladi u.

Teleskop yerga yuborgan tasvirlar shu yilning oxirida e’lon qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG