Breaking News
Din

Ro’zada xayr-ehson bilan band insonlar


Ramazon va xayriya/Ramadan & Charity
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

Ramazon va xayriya/Ramadan & Charity

Musulmon ahli Ramazon oyida tuz totmay, kunni tun qilishga odatlangan. Orada xayriya bilan ham mashg’ul kishilar bor.

Musulmon ahli Ramazon oyida tuz totmay, kunni tun qilishga odatlangan. Orada xayriya bilan ham mashg’ul kishilar bor. Islom amallaridan biri beva-bechoraga xayr-sadaqa ulashishdir.

Ehson Bayg musulmon. Bir kun qoldirmay ro’za tutishga harakat qilayapti.

Ramazon va xayriya/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00
Yuklab oling

Ehson va uning oilasi meva-cheva, sabzavot ko’tarib, muhtojlarga olib bormoqchi.

“Ramazon oyida yo’qsillarga mehrli bo’lish ayniqsa savob. Yaratgan bu yaxshilikni 70 karra ko’p ko’radi”, - deydi u.

Ehsonning qizi Robiya dastyor:

“Ramazonda yaxshilik qilish boshqacha. Faqat namoz o’qish bilan cheklanmay, yordam ham ulashish kerak. Qancha-qancha odamlar arang kun ko’rayapti. Ularning ko’ngliga qaraydiganlar bor”.

Xayriya boshida “Faith” nomli notijorat guruhi turibdi. To’qqiz yildan beri har safar ro’zada Virjiniyada mana shu ko’rinish.

Tadbir mualliflaridan biri Somayya Gariani har xil e’tiqod vakillariga ijtimoiy yordam ko’rsatish – vazifamiz, deydi.

Yegulik tarqatayotgan ko’ngillilar orasida musulmonlar ham, boshqa din vakillari ham bor. Guruch, yog’, sabzavot va boshqa mahsulotni mahalliy bizneslar, do’konlar beminnat tarqatadi.

Rizvon Jaka va uning oilasi xayriya ishida bir necha yildan beri qatnashadi.

“Savobli ish. Ehtiyojmand insonlarga ko’maklashamiz, topganimizni o’rtada baham ko’ramiz. Ularning dili yorishadi, biz ham mamnun”, - deydi u.

Silviya Morgan yegulik olish uchun kelganlardan. Bu yig’in haqida do’sti aytib qoldi:

“Telefonda shunaqa-shunaqa, borib yordam olsang bo’ladi, dedi. Haqiqatan, kunimga yarab qolishdi”.

O’tgan yili notijorat guruh 7 ming odamning qornini to’yg’azdi. Joriy yil bu raqam undanda oshishi kutilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG