Yoz o’ta issiq kelgani uchun bu yil ro’za oyi og’irroq kechishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Muborak Ramazon oyi boshlanar ekan, dunyo musulmonlari ancha oldin taraddud ko’rib qo’ygan. Bu yilgi ro’za birmucha og’ir kechishi mumkin, yoz o’ta issiq kelgani bois.

Harorat avvalgi yillarga qaraganda ancha baland. Ro’za tutgan kishilar suvsizlik, ochlikka chidashi qiyinroq bo’ladi.

Bag’dodda havoning issig’iga toqat qilish qiyin. Iroqliklar hukumatdan elektr ta’minotini yaxshilab qo’yishni so’ramoqda, sovutgichlar buzilmay ishlay turishi uchun. Hozir har olti soatda bir soatgina tok bor, deb noliydi iroqliklar.

Falastinning Xamas hukmron G’azo Sektorida yagona energiya zavodi Ramazon arafasida yonilg’i yo’qligi tufayli ishdan to’xtagan. Odamlar ovqat uchun pulimiz yo’q, deb shikoyat qiladi.

"G’azo bozorlarida yegulik bo’lgani bilan mablag’ yo’q", - deydi Abdul Rahmon ismli musulmon.

Birlashgan Arab Amirliklari va Misrda esa hukumat issiq-dim havo va og’ir iqtisodiy ahvol bois odamlarga imtiyoz bergan, chidash qiyin bo’lganda ro’zani to’xtatish mumkin deb.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG