Minglab qochqinlar Avstriyaga piyoda yo'l olmoqda

  • Amerika Ovozi

Afg'on qochqinlari Turkiyadan Gretsiyaga so'ng Germaniyaga yo'l olmoqda.

Afg'on qochqinlari Turkiyadan Gretsiyaga so'ng Germaniyaga yo'l olmoqda.

Minglab qochqinlar Vengriyadan Venaga piyoda yo'l olayapti. Avstriya poytaxtiga temiryo'l qatnovi to'xtatib qo'yilgan. Rasmiylar poyezdlarga buncha odamni ortishni eplay olomayapmiz, deydi.

Avstriyaning katta yo'llaridan to'rttasi avtomobillardan tozalanib, piyoda ketayotgan qochqinlar uchun ochib qo'yildi. Bu odamlar Avstriyadan Germaniyaga yo'l olmoqda.

Bu orada, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlardan to'rttasi 160 ming qochoqni har bir mamlakatda majburan birday taqsimlash rejasini rad etdi.

Vengriya, Chexiya, Polsha va Slovakiya tashqi ishlar vazirlari Germaniya va Lyuksemburg rasmiylari bilan Pragada shu haqda gaplashgan. Boyroq mamlakatlar kichikroq davlatlarni rejaga ko'ndirishga urinmoqda.

Qo'shma Shtatlar esa Suriyadan 10 ming qochoqni qabul qilishga tayyor. Bu notinch davlatdan bosh olib ketayotgan insonlarga insonparvarlik madadini ham oshiramiz, deydi AQSh rasmiylari.

Prezident Obama qochoqlarni kelasi oydanoq kirita boshlashga ko'rsatma bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG