Breaking News

AQSh ko'proq qochoq qabul qilishi mumkin


AQSh ko'proq suriyalikni qabul qilishi mumkin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00

Obama ma'muriyati AQShga olib kelinadigan suriyalik qochoqlar sonini oshirmoqchi. Ammo buning uchun ularni kuchli tekshiruvdan o'tkazish kerak bo'ladi.

Suriya va Iroq kabi urush zonalaridan 10 minglab qochoqlar mashaqqatli yo'l bosib, Yevropa sari intilar ekan, AQSh bu o'lkalardan qabul qilinadigan muhojirlar sonini oshirish masalasini ko'rib chiqmoqda.

Ayrim qonunchilar va huquq tashkilotlari nazarida, AQShning kamida 10 ming qochoqni qabul qilishi haqida avvalroq bergan qarori bunday ulkan mamlakat uchun juda kam.

Ularga ko'ra, Qo'sha Shtatlar 65 mingdan 100 minggacha qochoqni qabul qilishi lozim.

"Buncha ko'p odamni tez muddatda bu yerga ko'chirib kelish imkonsiz. Ular maxsus tekshiruv jarayonidan o'tishi kerak", - deydi Davlat kotibi yordamchisi Anna Richard.

Rasmiylar qochoqlarni qabul qilish va tekshiruvdan o'tkazish tartibi qattiq ekanini ro'kach qiladi.

18 oydan 24 oygacha cho'ziladigan bu jarayon intervyu qilish, sog'liqlarini tekshirish hamda xavfsizlik yuzasidan qabul qilinuvchilarning o'tmishlarini o'rganish kabi bosqichlarni o'z ichiga oladi.

Qochoqlar orasida Amerikaga terrorchilar kirib kelishi mumkin, degan xavotirlar, ko'pincha, asossiz, deydi rasmiylar.

"Bular oilalarining kelajagini o'ylayotgan odamlar. Suriyaning o'zida qolishga urinsa ham, Suriyani tark etsa ham, bolalari maktablarga bora olmayapti, ishlarini boy berishgan. Ishxonalari portlagan", - deydi Anna Richard.

Ayni paytda 4 milliondan ortiq suriyalik qochoq bor. Ularning aksariyati Livan, Turkiya va Iordaniyada.

Qochqinlar inqirozini hal etish uchun har bir davlat o'z hissasini qo'shishi kerak, deydi Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot rasmiysi Laura Tompson.

"10 ming yoki Yevropa Ittifoqi aytayotgan 140 ming uchta davlatda turgan 3,5 million qochoq oldida hech narsa emas", - deydi u.

Shu bois AQSh xavfsizlik bo'yicha talablaridan voz kechmagan holda qabul qilinadigan muhojirlar sonini oshirishga intilayotgani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG