Har yili 45 million abort, yarmi xavfli sharoitda

  • Amerika Ovozi

Homilador ayollar shifokor qabulxonasida. Fritaun shahri, Sierra-Leone.

Homilador ayollar shifokor qabulxonasida. Fritaun shahri, Sierra-Leone.

Jahonda yiliga 45 million abort qilinadi. Ayolni homiladan ayirish uning salomatligiga qanchalik zarar degan savolga mutaxassislardan turlicha javob olasiz. Abort qachon qilinayotgani va ayol qanchalik sog’lom ekaniga bog’liq, deydi ginekologlar.

Har yili 87 million ayol istalmagan holda homilador bo’ladi.

Dunyo bo’ylab, hamma homilani hisobga olsak, ularning 41 foizi mana shunday hollardan iborat, deydi “Ipas” deb nomlangan nodavlat tashkiloti direktori Laylo Hissiniy.

“Muammo negizida homiladan saqlanish yo’llarining samara bermayotganidan tortib to xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikkacha – turli sabablar bor”, - deydi u.

Abort paytida jon berish hollari asosan Afrika jamiyatlarida uchraydi

Abort paytida jon berish hollari asosan Afrika jamiyatlarida uchraydi

Abortni ma’qul ko’rayotgan juvonlarning aksariyati rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.

“Yiliga 45 million abort qilinsa, ularning 22 millionga yaqini xavfli sharoitda amalga oshiriladi”,- deydi Laylo Hissiniy.

Abort cheklangan va cheklanmagan jamiyatlarda ham ayollar undan birdek jinsiy va ruhiy aziyat chekadi.

Xotin-qizlar huquqlarini to’la ta’minlash bag’oyat muhim, deydi Jennifer Redner, Ayol salomatligi bo’yicha xalqaro koalitsiya vakili.

Ko'plab davlatlarda homilani uchinchi oyidan keyin abort qilish man etilgan

Ko'plab davlatlarda homilani uchinchi oyidan keyin abort qilish man etilgan

Qiz va ayollarning tibbiy xizmatdan foydalana olmasligi, maktabni tashlab, erta turmushga chiqishi, uyda zo’ravonlikka uchrashi, bularning bariga qarshi kurashni kuchaytirish lozim, deydi Redner. Ayollarning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lishi uchun imkoniyatlar yaratish kerak.

Ayrim hollarda juvonni abortga undaydiganlar uning oila a’zolaridir, deydi Janubiy afrikalik huquq faoli Terin Xodgson.

Homilaning oldini oluvchi dorilar juda ko'p

Homilaning oldini oluvchi dorilar juda ko'p

Onalar orasida o’lim hollari ko’p, deydi u. Iqtisodiy yetishmovchilik, qashshoqlik, sog’liqni saqlash tizimi zaif ekani, ginekologik xizmat yaxshi emasligi, ayollar salomatligiga e’tibor pastligi, ijtimoiy illatlar, xotin-qizlarni kamsituvchi urf-odatlar, oilaviy tarbiya va ta’lim – mutaxassislar va faollar mana shu omillar haqida gapiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG