Breaking News

Uyg'urlar: Terrorchi emasmiz


Bishkek
Bishkek

O'tgan hafta Qirg'iziston poytaxti Bishkekda sodir etilgan xuruj ketidan Xitoy uyg'urlarga nisbatan zulmni oshiradi, deya ogohlantirmoqda bu elat faollari.

Bishkekda Xitoy elchixonasiga hujum qilingan edi. Unda mashina mingan hujumchi o'lgan va bir necha kishi jarohatlangan.

Jahon uyg'urlari kongressi (World Uyghur Congress) vakili Umar Qanot "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, o'z xalqini Pekinning temir panjasi ostida yashab kelayotgan insonlar, deya tasvirlaydi.

"Uyg'urlar terrorchi emas va har qandya terror xurujini qoraladi",- deydi Qanot.

Xitoyni uyg'urlarni yanada ezish uchun bahona kerak va Bishkek hodisasidan keyin zulmni oshirishi tayin, deydi u.

Turkiy va musulmon elat bo'lmish uyg'urlar Xitoyning Shinjon viloyatida 20 millionga yaqin sonni tashkil etadi. Hududni ular Sharqiy Turkiston deb ataydi. Manzarani va demografiyani o'zgartirish uchun markaziy hukumat bu mintaqaga boshqa viloyatlardan odamlarni ko'chirib kelmoqda, deydi uyg'uralr. Hukumatga ko'ra esa Shinjon rivojlangani sari aholi soni ham ko'payadi. Imkoniyat izlab kelayotganlar ko'p .

Xitoy elchixonasi, Bishkek
Xitoy elchixonasi, Bishkek

Bishkekdagi hujum 33 yoshli Zoir Xalimovning ishi, deydi rasmiylar. U Tojikiston pasportida yurgan va Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati, terror guruhi, a'zosi bo'lgan, deydi Xitoy diplomatlari.

50 ming atrofida uyg'ur yashaydigan Qirg'izistonda ularga nisbatan munosabat salbiylashishi mumkin degan xavotir ham mavjud.

Uyg'ur jangarilar Xitoyning chet eldagi idoralariga tarixda ko'p hujum qilmagan, deydi Raffaello Pantuchi, bu masalani o'rganib kelayotgan g'arblik olim.

Urumchi, Xitoy
Urumchi, Xitoy

Suriya

Raffaelo Pantuchi hisobicha, Suriyada hozir "islomiy davlat" safida 100-200 orasida uyg'ur jang qilib yurgan bo'lishi mumkin.

"Terrorizm xavfi Xitoy uchun jiddiylashib bormoqda",- deydi u.

Amerikalik olim Shon Roberts tahlilicha, Shinjondan qochgan uyg'ur yoshlar terroristlar uchun oson o'lja. Ular vatandagi holatdan norozi bo'lib chet elga chiqadi va ayrim hollarda ekstemistlarga qo'shilayotgani rost, deydi u.

“Uyg'urlar aslida terrorist deyish katta xato. Radikalizmga ularni tushkunlik, Shinjondagi muhit yetaklaydi",- deydi Roberts.

Turkiyada minglab uyg'urlar yashaydi. Hozir ular ham hukumatlarning nishoniga aylanishi mumkin yoki allaqachon tekshiruv ostida.

Shon Roberts olib borgan izlanishlar natijasiga ko'ra, uyg'ur jangarilar bir kun kelib vatanini Xitoydan tortib olishni xohlaydi.

Xitoy ular uchun nafaqat bosqinchi, balki islom dini dushmanidir, deydi Roberts.

Uyg'ur qochqinlar, Tailand
Uyg'ur qochqinlar, Tailand

Jahon uyg'urlari kongressidan Umar Qanot fikricha, Tailand va Turkiyada uyg'ur ysohlar terrorchilarga aldanib, ularga ergashgani katta fojia.

"Uyg'urlar tirikchilik qilaman deb terrorchilar qo'liga tushib qolmoqda. Qochishga muvaffaq bo'layotganlari ham bor",- deydi u.

Jahon uyg'urlari kongressi muhojirlar bilan yaqindan ishlashni yo'lga qo'ymoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG