Minglab ximikatlarni bir zumda tekshirib beruvchi yangi robot


Minglab ximikatlarni bir zumda tekshirib beruvchi yangi robot

Minglab ximikatlarni bir zumda tekshirib beruvchi yangi robot

Insoniyat robotlardan ko’p sohalarda qo’llanib keladi. Ilm-fan va tibbiyotda, yirik laboratoriyalarda eng murakkab vazifalarni bajara oladigan mexanik yordamchilar.

AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligida shunday robotlarning yangi avlodi ishga tushdi. Kimyoviy moddalarning salomatlikka ta’sirini tekshirib, tahlil qilib beruvchi uskuna.

Yuqori tezlikda ishlaydigan yangi robot olimlar ishini ancha yengillashtirdi.

Robert Kavlok - AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligida toksikologiya markazi direktori. Zaharli moddalarning xususiyatini o’rganadi.

“Odam bir yilda 10-20 ta analiz o’tkazishi mumkin. Biz uchun hozir 10 mingta ham hech narsamas”, - deydi u.

Ko’p funksiyali robot-yordamchini kimyoviy tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan besh yirik federal agentlik birgalashib xarid qilishgan. Sog’liqni saqlash instituti, Genetika markazi, Atrofni-muhitni muhofaza qilish agentligi shular jumlasidan.

Maqsad - zaharli ximikatlarga doir boy ma’lumot bazasini yaratish. Ayni damda bunaqasi mavjud emas.

Minglab ximikatlarni bir zumda tekshirib beruvchi yangi robot

Minglab ximikatlarni bir zumda tekshirib beruvchi yangi robot

Kimyoviy moddalar sanoatda, biz har kuni qo’llaydigan iste’mol mollarida, qolaversa oziq-ovqatda ishlatiladi. Ammo salomatlikka ta’siri haqida ko’p narsa bilmaymiz.

Tezlikdan tashqari, robotning yana bir ustun jihati bor: kuniga 24 soat tinmay mehnat qiladi, dam olay demaydi, ta’tilga chiqishni so’ramaydi. Sinov jarayoniga avvalgidek jonivorlarni jalb qilishga ham hojat yo’q. Zarur hujayralar plitkalarda joylashtirilgan.

“Har bir quti 1536 katakka bo’linadi, har birida 1-2 tomchi suyuqlik. Hujayralar shu tariqa testdan o’tadi, ya’ni birvarakayiga 1500 tasi”, - deya tushuntiradi olim Robert Kavlok.

Uskuna markazda olib boriladigan bir necha yillik ishni bir haftada bajaradi qo’yadi. Hammasi oldindan programmalashtirilgan. Hujayralar qanday sinovdan o’tishi kerak va qancha vaqt ichida – topshiriq belgilangan bo’lsa kifoya.

Ishni yakunlagach, robot kimyoviy test natijasini olimlarga jo’natadi va keyingi topshiriqni kutadi.

Minglab ximikatlarni bir zumda tekshirib beruvchi yangi robot

Minglab ximikatlarni bir zumda tekshirib beruvchi yangi robot

Mutaxassislarning vazifasi - tayyor ma’lumotni ko’zdan kechirish, ishlab chiqarishda qo’llanadigan moddalarning salomatlikka ta’siri haqida xulosa qilish.

“Kompaniyalarga bu iqtisodiy tarafdan foyda. Iste’molchi qo’liga tushadigan har bir mahsulotning toksinlik darajasi tekshirilishi zarur. Biz bu ishni millionlab dollarga emas, atigi bir necha ming dollarga bajara olsak hammaga ma’qul. Jonivorlar himoyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlardan ham shikoyat tushmaydi”, - deydi toksikologiya markazi direktori.

Hozirda ko’plab ximikatlarning xususiyati haqida ma’lumot mavjud emas. Qo’shma Shtatlarda har yili bu moddalarning 1500 yangi turi bozorga kiritiladi.

Yangi robot uchun laboratoriyada qiladigan ish serob - toza mahsulotni xatarlisidan ajratib beradi. Sog’liqni saqlash sohasida uskunaning roli beqiyos.

XS
SM
MD
LG