Breaking News

AQSh Ruminiyada yangi harbiy baza ochadi


AQSh Ruminiyada yangi baza ochadi/US Romania base
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00

AQSh Ruminiyada yangi baza ochadi/US Romania base

Ruminiyada yangi harbiy baza qurilishi boshlandi. Yevropani raketa hujumlaridan himoya qiluvchi NATO mudofaa tizimining bir qismi shu yerga joylashtiriladi. Rossiya AQSh mudofaa tizimining o’z chegarasi yaqinida o’rnatilishiga keskin qarshi.
Ruminiya va AQSh harbiy aloqalari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00
Yuklab oling
Yerdan turib raketa hujumlarini bartaraf etuvchi mudofaa tizimi Ruminiya poytaxti Buxarestdan 180 kilometr naridagi sobiq harbiy-havo bazasiga joylashtiriladi. Inshoot poydevorini qo’yish marosimida AQSh mudofaa vazirining o’rinbosari Jeyms Miller ham ishtirok etdi.

“2015-yilda tizimning ikkinchi bosqichi yakunlangach, Yevropa yanada xavfsizroq bo’ladi. AQSh kuchlari yaxshiroq himoyalanadi, Ruminiya xavfsizligi kuchayib, NATO ittifoqi yanada mustahkamlanadi”, - dedi AQSh rasmiysi.

Marosimda Ruminiya prezidenti Trayan Bashesku ham qatnashdi.

“Ruminiya Yevropa va AQSh fuqarolarini ballistik raketalar hujumidan himoya qilish bo’yicha eng yaxshi yechimni taklif qiluvchi NATOga a’zo mamlakatlar qatoriga kirdi”, - dedi Ruminiya prezidenti.

AQShning Yevropani himoya qilish rejasi Chexiya Respublikasi va Polshada mudofaa tizimlari, Turkiyada esa radar sistemasini o’rnatishni o’z ichiga oladi. AQSh va NATO rasmiylarining ta’kidlashicha, bu vositalar faqat Eron va Shimoliy Koreyaning ehtimoliy hujumlarini qaytarishga qaratilgan.

Ammo Rossiya prezidenti Vladimir Putin uzoq yillardan beri bu rejaga qarshilik ko’rsatib keladi.

“Yevropada raketa hujumiga qarshi tizim o’rnatishga hojat yo’q deb o’ylaymiz. Harbiy mutaxassislarimizga ko’ra, bu tizim Rossiya Federatsiyasining Uralgacha bo’lgan hududlarini ham qamrab oladi”, - deydi Putin.

Rossiya e’tirozlariga javoban NATO mudofaa rejasiga bir qator o’zgarishlar kiritildi. Ammo Moskvaning raketa tizimlari Rossiya yadro arsenalini nishonga olmasligi to’g’risida huquqiy kafolat berish talablari AQSh tomonidan qondirilmadi.

Rossiyalik tahlilchi Pyotr Yeltsovga ko’ra, aksar rossiyaliklar Yevropadagi mudofaa tizimini Rossiyaga qarshi qaratilgan deb hisoblaydi.

“Rossiya aholisining aksariyati bu tizimning Eron yoki Shimoliy Koreyaga qarshi emas, balki aynan Rossiyani nishonga olish maqsadida o’rnatilganiga ishonadi. Shuning uchun ko’plab odamlar Putin va uning hukumati ko’rsatayotgan e’tirozlarni qo’llab-quvvatlaydi”, - deydi u.

Kreml AQSh harbiy tizimlari Rossiya chegarasi yoki sohillariga yaqin o’rnatilsa keskin qarshi choralar ko’rilishi haqida ogohlantirib kelgan. Og’zaki bayonotlar ketidan siyosiy yoki harbiy qadamlarni ko’ramiz, deydi Yeltsov.

“Rossiya Yevropaga yaqin joylashgan Kaliningrad shahrida harbiylar sonini oshirishi, Amerika bilan do’stlik rishtalariga ega bo’lmagan Janubiy Amerika mamlakatlari bilan harbiy aloqalarni kuchaytirishi mumkin. Bu, tabiiyki, Rossiyaning Suriya siyosatiga ham ta’sir qiladi. Ya’ni, Assad hukumatiga yordam oshib, dunyoda Amerikaga qarshi rejimlarni qo’llab-quvvatlash kuchayishi mumkin”, - deydi Yeltsov.

Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o’rnatish to’rt bosqichdan iborat bo’lib, sistema 2020-yilgacha to’liq ishga tushishi kutilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG