Breaking News

Saylov-2012: Mitt Romni Texasda g’alaba qozondi


Massachusetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romni seshanba kuni Texasda bo’lib o’tgan partiyaviy saralash jarayonida g’alaba qozondi.

U Respublikachilar partiyasidan 6-noyabrda prezidentlik saylovlarida demokrat Barak Obama bilan bellashish huquqini qo’lga kiritish umidida.

“Mamlakat bo’ylab amerikaliklar meni qo’llab-quvvatlaganidan, 2012-yilgi prezidentlik saylovida Respublikachilar partiyasidan nomzod bo’lishimdan bag’oyat hursandman. Bu katta sharaf”, - dedi Romni.

Texas respublikachilarning 150 ta ovoziga ega. Partiyadan yagona nomzod bo’lish uchun esa Romni mamlakat bo'ylab 1144 delegat qo’llashi kerak.

Bundan 4 yil avval Romni prezidentlikka nomzod bo’laman degan, lekin Obama bilan bellashgan Jon MakKeynga yutqizgan edi.

Partiyadoshlarni o’z tarafiga o’gdirish oson bo’lmadi. Ko’plar Romnini yetarlicha konservativ qarashga ega emaslikda ayblab keldi.

So’nggi so’rovlarga ko’ra, Romni va Obama reytingi deyarli bir darajada, har ikkovining ham saylovda yutish imkoni teng.

Avgust oyi Floridada Respublikachilar partiyasi qurultoyi bo’lib o’tadi. Shunda Romni rasman prezidentlikka nomzod etib e'lon qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG