Rubl arzonlashishda davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

Rossiya milliy valyutasi rublning dollarga nisbatan qiymati tushishda davom etmoqda. Bir AQSh dollari eng ko'pi 80 rublga chiqib ketib, so'ng bir oz tushdi.

Markaziy Bank foiz stavkasini 10,5 foizdan 17 foizga ko'targan. Bu Rossiya 1998-yilda moliyaviy inqirozga cho'kkanidan beri ilk yuqori stavka. Ayrimlar buni jahon bozorida neftning arzonlashishi va Ukrainadagi vaziyat yuzasidan G'arbning Rossiyaga qarshi joriy etgan sanksiyalari bilan bog'lamoqda.

Bir yilda rublning qiymati dollarga nisbatan salkam 60 foizga tushdi. Kreml bu vaqtincha holat, rubl o'zini tiklab oladi, deya aholini yupatishga urinmoqda.

Bosh vazir Dmitriy Medvedev moliyaga mas'ul rasmiylar bilan bugun uchrashib, vaziyatni muhokama qilgan.

Markaziy Bank hisobiga ko'ra, 2015-yilning birinchi choragida inflyatsiya 11,5 foizga yetishi mumkin, iqtisodiy o'sish sekinlashadi.

Jahon bozorida bir barrel neft o'rtacha 60 dollar atrofida savdo qilinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG