Britaniya monarxiyasi yulduzlari Amerikada

  • Amerika Ovozi

Britaniya monarxiyasi yulduzlari Amerikada

Britaniya monarxiyasi yulduzlari Amerikada

Britaniya qirolligining ikki yulduzi, shahzoda Vilyam va uning rafiqasi Keyt Kanadaga to'qqiz kunlik sayohatini yakunlab, kechadan Amerika safarini boshladi.

Bugun shahzoda Kaliforniya shtati Santa Barbara shahrida zodagonlar o’yini bo’lmish polo o’ynadi. Odamlar uni tomosha qilish uchun minglab dollar to'lagan, Vilyam bilan o'ynash kamida 60 ming dollar. Tushgan mablag', deydi tashkilotchilar, xayriya qilinadi.

Bu Keytning Amerikaga ilk safari

Bu Keytning Amerikaga ilk safari

Kecha juftlik Los-Anjelesda texnologik anjumanda qatnashib, Britaniya firmalari manfaati uchun gapirgan, amerikalik ishbilarmonlarni sarmoya ko’lamini oshiriishga chaqirgan.

Bugun polo o’yinidan keyin Vilyam va Keyt Gollivudda mehmon bo’ldi. Shohona ziyofat berildi. Uch kunlik safar davomida yana qator madaniy tadbirlar rejalangan.

Shahzoda Vilyam Amerikaga tez tez kelib turadi, lekin Keyt ilk marotaba tashrib buyurmoqda. Ikki yosh aprel oyida turmush qurgan edi.

Malika Diana

Malika Diana

Amerikaliklar Vilyamning onasi malika Dianani ardoqlar, uni nafaqat nafosatli va aqlli ayol balki dunyo sahnasida saxiylik va mehr-oqibat elchisi deb bilgan.

Malika Diana 1997 yilning avgustida Parijda avtohalokat oqibatda hayotdan ko’z yumgan.

Shahzoda Vilyam va uning rafiqasi Keyt Britaniya monarxiyasini isloh qilib, uni xalq bilan yaqinlashtiradi deya umidlar bog’langan. Ular yangi avlod vakillari, zamon talablarini tushunadi, deydi qirollik ekspertlari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG