Rossiyada anti-amerikanizm kuchaymoqda

  • Amerika Ovozi

Moskva ko'chalaridagi namoyishlar

Moskva ko'chalaridagi namoyishlar

"Amerika Ovozi" ning Moskvadagi muxbiri Jeyms Brukning xabar berishicha, amerikaliklarga Rossiyadan bola boqib olishni man etuvchi qonun shu qadar keng muhokamadaki, jamiyat bugun ikkiga, AQsh tarafdorlari va unga qarshilarga bo’linib qolgan.


Bu holat o’zi avvaldan kuchli, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan rossiyaliklar, lekin bugun ayniqsa ko’proq ko’zga tashlanadi.

“Dumamiz shunday ahmoqona qonun qabul qilgani hamma uchun uyat… Dumada o’tirganlar vijdonsiz odamlar”,- deydi Anastasiya degan qiz.

Tadbirkor ayol Anna Gluxova fikricha esa hukumat jamoatchilik e’tiborini boshqa jiddiy masalalardan chetga surish uchun shunday qonunlar bilan chiqmoqda. Aslida, deydi u, Rossiya Sergey Magnitskiydek fidoyi yuristlar nega qamoqda o’lganini ochiq muhokama qilishi va mamlakatda korrupsiya, yulg’ichlik va inson huquqlari ahvoli haqida gapirishimiz kerak, deydi u.

“Hamma aybni G’arbga ag’darish bilan nimaga erishamiz, axir o’ziming hayotimiz og’irlashib borayapti”, - deya noliydi tadbirkor.

Norozilik namoyishiga chiqqan Ekaterina degan juvon esa Kreml chet el tashkilotlari va unga ishlaydigan odamlarni jazolab, o’z fuqarolarini davlatdan yuz o’girishga majbur qilmoqda, deydi.

“Televizorni qo’ysangiz, hamma Amerikani yomonlash bilan ovora. Boshqa fikrdagi odamga darhol dushman degan tamg’a bosishadi. Odamlar axir ahmoq emas-ku”,- deydi Ekaterina.

Duma rais o’rinbosari Yevgeniy Fyodorov esa namoyishchilarning miyasi aynigan deydi.

AQSh Rossiyani tanqid qilib, qonunlar qabul qilayaptimiz, biz ham jim turmasligimiz kerak, deydi u.

Amerika Napoleon va Gitler yo’l qo’ygan xatolarni qilayapti, ya’ni ruslarni ikkinchi darajali odamlar deb mensimayapti, deydi Fyodorov.

Vaziyatni kuzatib kelayotgan Anders Aslund, shvedsiyalik mutaxassis, nazarida Putin aholining G’arbga nisbatan qarshiligini kuchaytirish uchun kuchli kampaniya olib bormoqda. Anti-amerikanizm urug’i keng ko’lamda sochilmoqda, deydi u.

Andrey Kazakevich ismli namoyishchi fikricha hukumat xalqni AQShga qarshi qayrab, aslida odamlarning o’ziga zarar keltirmoqda. Rossiya G’arbga yaqinlashishdan, hamkorlikda foyda ko’radi, deydi bu fuqaro.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG