Bin Ladenning o’limi Rossiya uchun qanday ahamiyatga ega?


Bin Ladenning o’limi Rossiya uchun qanday ahamiyatga ega?

Bin Ladenning o’limi Rossiya uchun qanday ahamiyatga ega?

Kremlning bildirishicha, al-Qoida yetakchisi Osama bin Ladenning o’ldirilishi o’zining janubiy hududlarida terrorizm bilan olishayotgan Rossiyaga ham ruhiy madad beradi.

“Xalqaro koalitsiya a’zolari, jumladan Rossiya, amerikaliklar quvonchiga sherik”, - deyiladi Tashqi ishlari vazirligi bayonotida.

Sovuq urush davrida va hozir ham bir-biriga raqib deb ko’rilgan AQSh va Rossiya terrorizmga qarshi kurashga kelganda bir-birini yaxshi tushunadi.

Shimoliy Kavkaz o’lkalaridagi zo’ravonlik va qotilliklarda o’tgan yili 440 askar va militsiya xodimi halok bo’lgan. Amerika ham Afg’onistonda 2010 yili xuddi shuncha askaridan ayrildi. Terroristik xurujlarda jarohat olganlar undanda ko’p.

Bin Ladenning o’limi Rossiya uchun qanday ahamiyatga ega?

Bin Ladenning o’limi Rossiya uchun qanday ahamiyatga ega?

Har ikki joyda Osama bin Laden jangari harakatlariga kuch-g’ayrat berib turgan shaxs deb ko’rilardi.

“Memorial” inson huquqlari tashkiloti vakili Aleksandr Cherkasovning aytishicha, Osama bin Laden Rossiyadagi radikal guruhlar uchun asosan ilhom manbai edi.

“Shimoliy Kavkaz jangarilari Rossiyaning o’zida, mustaqil daromad manbaiga ega. Mahalliy tadbirkor va rasmiylardan reket orqali pul undirishadi. Mafkura bir, ammo moliya jihatdan xalqaro terror tizimiga tayanib qolmagan”, - deydi Cherkasov.

Bin Ladenning o’limi Rossiya uchun qanday ahamiyatga ega?

Bin Ladenning o’limi Rossiya uchun qanday ahamiyatga ega?

Mintaqa bo’yicha ekspert Pavel Bayev ham shu fikrda. Saudiya Arabistonidan Rossiya janubiga bir paytlar katta miqdorda pul-xayriya kelib turardi.

“Hozirgi kunda esa Moskva federal hududlariga yuboradigan yillik subsidiyalarning bir qismi jangarilar qo’liga o’tayapti. Al-Qoida shunchaki ramziy ahamiyat kasb etadi, ularni ruhlantirib turadi”, - deydi tahlilchi.

Ammo tarixiy rishtalar azaldan mavjud. 1996 yili Rossiya qo’shinlari Chechenistonni tark etgach, al-Qoida yetakchisi Ayman al-Zavohiriy o’lkaga safar qilib, guruh markazini barpo etish borasida muzokara qiladi. Ammo qo’lga tushib, Dog’iston qamoqxonasida bir necha oy saqlangan.

Shundan so’ng, al-Qoida bazalarini Afg’onistonda joylashtirgan ma’qul degan qarorga keladi.

Oradan uch yil o’tib, Chechenistonda navbatdagi urush boshlangach, yuzlab arab mujohidlari Rossiyaga qarshi kurashgan.

Xavfsizlik bo’yicha eskpert Andrey Sokolovning qayd etishicha, bu ajnabiy jangchilar al-Qoida ko’rsatmasi bilan Chechenistonga kelmagan. Chunki Osama bin Laden bu davrga kelib, Rossiyani emas, G’arbni, xususan AQShni asosiy dushman deb bilardi.

Kavkazdagi ayrim jangari guruhlar al-Qoidani bayroq qilishiga sabab - shu orqali nom qozonish, deydi ekspertlar. Ular safida arablar ham borligi haqiqat.

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov yaqinda al-Qoidaning mintaqadagi yetakchisi Xolid Yusuf Muhammad o’ldirilganini e’lon qildi.

Siyosatdonlar orasida umumiy qarash shuki, Osama bin Ladenning o’ldirilishi xalqaro terrorizm ko’ksiga xanjar urdi, biroq Shimoliy Kavkaz uchun ikkilamchi ahamiyatga ega.

Uning Rossiyadagi izdoshlari qasos olish uchun xurujlarga zo’r bersa ajabmas. 9 may kungi harbiy parad oldidan Moskvada xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilgan.

XS
SM
MD
LG