Sobiq agent Litvinenkoning o'limi yuzasidan tergov yakunlandi

  • Amerika Ovozi

Aleksandr Litvinenko, 2002-yilda olingan surat

Aleksandr Litvinenko, 2002-yilda olingan surat

Britaniyada Rossiya maxsus xizmati sobiq xodimi Aleksandr Litvinenkoning o'limi yuzasidan tergov nihoyasiga yetdi. Uni o'ldirishni Prezident Vladimir Putin buyurgan, deydi uning rafiqasi Marina Litvinenko.

Sobiq agent bundan 9 yil oldin Britaniyada poloniy moddasi bilan zaharlangan edi.

Ayolning aytishicha, tergov Litvinenko qanday o'lganini fosh etdi. Qotillikni amalga oshirish uchun Rossiya o'z agentlarini yuborgan, bunday ishlar albatta Putinning ijozati bilan qilinadi, deydi Litvinenko.

Olti oylik tekshiruv davomida London sudida 62 kishi guvohlik berdi. Shu yil so'nggida tergovning to'liq natijalari ommaga havola etiladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Litvinenkoning o'limiga aloqamiz yo'q, Britaniya bu ishga siyosiy tus bermoqda, deya bayonot bergan.

Kremlning va xususan Putinning ashaddiy tanqidchisi bo'lgan Aleksandr Litvinenko 2006-yilda London kasalxonasida vafot etgan edi. Uning poloniy aralashtirilgan choydan zaharlangani aniqlangan.

Litvinenko bilan uchrashgan ikki rossiyalik - Dmitriy Kovtun va Andrey Lugovoyni Britaniya ekstraditsiya qilishni so'rab keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG