Breaking News

Rossiya avtosanoati xorijiy sarmoyadorlarni o'ziga tortmoqda


Sovet Ittifoqi, so’ngra Rossiyada ishlab chiqilgan avtomobillar haqida gap ketganida beso’naqay “Lada”lar ko’z oldimizga kelardi. Bugungi kunda esa mamlakat ko’chalari xorijiy mashinalarga to’la. Ayni vaqtda ichki ishlab chiqarish ham to’xtamayapti. Mutaxassislar bunday jarayonni ijobiy baholaydi.

Rossiya avtosanoati xorijiy sarmoyador uchun jozibador
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00
Yuklab oling


Moskvadagi Xalqaro avto-shou ko’zni qamashtiradi. Rossiya dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlari ro’yxatida.

Bu yil ayniqsa yaxshi keldi. Yevropada inqiroz sabab avtomobillar savdosi hajmi pasaygan, Rossiyada esa soha gullab-yashnamoqda.

2014-yilga borib Rossiya Germaniyani ham ortda qoldirib, savdo bo’yicha to’rtinchi o’ringa chiqishi mumkin. Birinchi uchlikda Xitoy, AQSh va Yaponiya.

Biroq avgust oyida mamlakat Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shildi. Import tariflari paysaymay turib, avtomobilsozlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga shoshilmoqda.

“Ford”, “General Motors” va “Chrysler” Amerikaning uch eng katta avtokorporatsiyasi. Har biri Rossiya sanoatiga 1 milliard dollardan sarmoya kiritmoqchi.

Ted Kannis “Ford Sollers” qo’shma korxonasining Rossiyadagi prezidenti:

“Bundan 10 yil avval birinchi bo’lib Rossiyada ish boshlaganmiz. Juda muhim soha. “Ford” uchun katta imkoniyatlar bor”, - deydi u.

“General Motors”ning Rossiyadagi prezidenti Jeyms Bovenzi ham kelasi besh yilga ulkan reja tuzganmiz, deydi:

“GM” uchun Rossiya bozori muhim. Dunyodagi eng tez rivojlanayotgan bozorlardan bu”.

“GM” Rossiyaga AQSh sobiq Davlat kotibi Genri Kissinjerni taklif qilishga qaror qildi. Taniqli siyosatchi iyun oyida Sankt-Peterburgda kompaniya zavodining ochilish marosimida qatnashdi.

Rossiyada avtomobil savdosi hajmi shu yilning o’zida 14 foizga oshdi. Kompaniyalar xaridor ko’nglini ovlash bilan band:

“Rossiya bozoriga yangilangan avtomobillar keltirdik. Hammasi yangi. Xaridorlarga ma’qul kelyapti. Tanqislik ham bo’ldi. Endi esa mashinalarni bu yerga olib kelishni yo’lga qo’yib oldik. Hamkorlarimiz faoliyati bunga dalildir”, - deydi “Chrysler”ning Rossiyadagi rahbari Jon Stek.

Rossiyadagi avto-shou
Rossiyadagi avto-shou
Rossiyada har to’rt odamga bir avtomobil to’g’ri keladi - AQSh va Yevropadagi ko’rsatgichning yarmi. Demak, savdoni oshirsa bo’ladi.

“Troyka Dialog” kompaniyasi xodimi Kris Vifer rossiyaliklarning mashina sotib olishga qurbi yetadi, deydi.

“Dunyoda eng tez rivojlanayotgan bozor aynan shu yer, Rossiya. Aholi daromadi oshmoqda, puli bor”.

Amerikalik sarmoyador Bernard Sacher Rossiya muvaffaqiyatidan taassuroti katta:

“Dunyodagi avtomobilsozlarni Rossiyaga olib kelish, bu yerdagi muhitni ular uchun jozibador qilib ko’rsatish borasida jiddiy ish qilindi. Ayni vaqtda Rossiyaning o’zida ham avto ishlab chiqarish davom etadi. Bu, albatta, yaxshi”, - deydi u.

Avtomobillar ko’payar ekan, ular uchun yo’l va parkovka qurish masalasi dolzarblashishi muqarrar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG