19-21 avgust, 1991 - jahon tarixida burilish yasagan kunlar

  • Jeyms Bruk

19-21 avgust, 1991 - jahon tarixida burilish yasagan kunlar

19-21 avgust, 1991 - jahon tarixida burilish yasagan kunlar

19 avgust kuni oynai jahonda kun bo’yi “Oqqush ko’li” baleti namoyish etilgani olamshumul o’zgarishlardan ilk darak edi.

Oradan ko’p o’tmay, Sovet Ittifoqi rahbari Mixail Gorbachyov qamoqqa olingani haqida gap tarqaladi.

Hokimiyat binosi – Oq uyni tanklar va zirxlangan mashinalar o’rab olar ekan, minglab fuqaro ko’chaga chiqib namoyish qiladi, zobitlarni to’xtatishga harakat qiladi.

Uch kun davom etgan davlat to’ntarishi natijasiz yakunlangan. Namoyishchilar o’shanda KGB, Davlat xavfsizligi qo’mitasi asoschisi Feliks Dzerjinskiyga qo’yilgan haykalni qulatgan.

Konstantin Eggert bu tarixiy voqealarni yaqindan kuzatgan va yoritgan jurnalistlardan.

1991-yilning dekabrida Mixail Gorbachyov yadroviy arsenal ustidan nazoratni Rossiya prezidenti Boris Yeltsinga topshirish to'g'risida qaror imzoladi

1991-yilning dekabrida Mixail Gorbachyov yadroviy arsenal ustidan nazoratni Rossiya prezidenti Boris Yeltsinga topshirish to'g'risida qaror imzoladi

“Armiya va tanklar chekinayotganda xalq orasidagi kayfiyatni ko’rsangiz edi. Moskva ko’chalarini to’ldirgan olomon ilk bor mamlakat ularniki ekanini his etgan kun desa to’g’ri bo’ladi”, - deydi u.

Oradan to’rt oy o’tib, Sovet imperiyasi quladi.

Mixail Shnayder namoyishlarda halok bo’lgan fuqarolarga qo’yilgan yodgorlik qorovuli. Kommunizm mag’lubiyatini 1945 yilda natsizm ustidan g’alabaga qiyoslaydi.

“Har ikki sistema ostida millionlab fuqaroning yostig’i qurigan”, - deydi u.

Ammo bugungi kunda Sovet davrini qo’msab yashaydigan rossiyaliklar talaygina. So’nggi ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, mamlakat tanlagan yo’l xato. So’ralganlarning atigi 27 foizi hayotdan mamnun.

19-21 avgust, 1991 - jahon tarixida burilish yasagan kunlar

19-21 avgust, 1991 - jahon tarixida burilish yasagan kunlar

Yillar o’tib, Sovet Ittifoqi fuqarolar xotirasidan o’cha boshlagan. Xorijga chiqish, internetga kirib fikrini erkin ifoda etish, istagan dinga e’tiqod qilish bugun normal bir holat.

Fuqaroning bugungi tashvishlari boshqa – korrupsiya, byurokratiya, boy va kambag’al o’rtasidagi farq kengayib borishi va hokazo.

Bosh vazir Vladimir Putin fikricha, SSSR barham topgani XX asrning buyuk geosiyosiy fojiasidir. Mamlakatda ko’pchilik bu qarashga qo’shiladi.

Siyosatdonlar ta’biricha esa demografik inqiroz bilan yuzlashayotgan Rossiya o’tmishni qo’msashidan foyda yo’q.

Jurnalist Konstantin Eggertning tahlil qilishicha, yangi, zamonaviy Rossiyaning qadriga yetmaydiganlar aholining katta qismini tashkil etadi.

“Haqiqat shuki, Sovet Ittifoqi endi yo’q, uni tiklash harakatlari behuda ish. Endi faqat oldinga yurish kerak”.

XS
SM
MD
LG