Rubl qiymati yanada pastladi

  • Amerika Ovozi

Sankt-Peterburg, Rossiya, 29-dekabr, 2014-yil.

Sankt-Peterburg, Rossiya, 29-dekabr, 2014-yil.

Rossiyada noyabr oyida ham iqtisodiyot zaiflashishda davom etib, rubl qiymati bugun yanada pastlagan.

Hukumat hisobicha, kelasi yilda ham iqtisodiy o'sish to'rt foizga kamayadi. Bugungi savdolarda bir dollarga 56 rubl berilgan.

2009-yildan beri Rossiyada iqtisodiy o'sish birinchi bor bu qadar sustlashishi.

Moskvaning Ukrainadagi xatti-harakatlari ketidan G'arb sanksiyalar joriy etgan va bu jazo choralari Rossiyaga qattiq ziyon qilgan.

Iqtisodiy muammolar bois ko'pgina sarmoyachilar pulini mamlakatdan olib chiqmoqda. Rubli borlar esa undan qutilib barqarorroq valyutaga almashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG