Rossiyada parlament saylovlarida hukmron partiya g'alaba qozondi

  • Amerika Ovozi

Rossiya Dumasi - parlament quyi palatasi

Rossiya Dumasi - parlament quyi palatasi

Rossiyada parlament quyi palatasi Dumaga saylovlarda yana "Birlashgan Rossiya" partiyasi birinchilikni qo'lga kiritdi. Partiya raisi va Bosh vazir Dmitriy Medvedev saylov natijalariga ko'ra mutlaq ko'pchilik uning partiyadoshlarida bo'lishiga ishonch bildirdi.

Moskva vaqti bilan 21:00 ga qadar hisoblangan byulletenlarga ko'ra, "Birlashgan Rossiya" 44,15 foiz, Vladimir Jirinovskiyning Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) 18,39 foiz, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi (KPRF) 17,24 foiz, "Adolatli Rossiya" 6,24 foiz, "Rossiya kommunistlari" 2,91 foiz ovoz olgan.

Prezident Vladimir Putin bolalar xirurgi, Moskvadagi Birinchi tibbiy universitet professori Dmitriy Morozovga ovoz berganini aytdi.

Hozircha byulletenlarning 6,72 foizi hisoblangan, xolos. LDPR va KPRF ikkinchi o'rin uchun kurashadi.

Bu yilgi saylovlar aralash sistema bo'yicha o'tmoqda: 225 deputat partiya ro'yxatlari bo'yicha, yana 225 tasi bir mandatli okruglar bo'yicha saylangan.

Yakshanba kuni, shuningdek, 39 viloyatda qonunchilik kengashlariga, yettitasida esa gubernatorlikka saylovlar o'tgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG