Rossiyada yong'inlar hamon davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

Rossiya Favqulodda holatlar vazirligi hisobiga ko’ra, jazirama issiq va yong’inda o’lganlar soni 48 kishiga yetgan. Mamlakat bo’ylab o’rmonlar hamon o’t ichida.

Tabiiy ofat tufayli prezident Dmitriy Medvedev yozgi ta’tildan erta qaytib, poytaxt Moskvada favquloda majlis o’tkazgan.

Bosh vazir Vladimir Putin eng ko’p zarar ko’rgan janubiy oblast – Voronejda. Ahvol hamon tang, o’ta xatarli, deydi Putin.

Harorat yuqori ekani va shamol qattiq esayotgani bois o’t o’chirish ishlari sekin kehcmoqda.

Prezident Medvedev yetti regionda favqulodda vaziyat e’lon qilgan. Quyuq tutun odamning nafas yo’llariga ziyon qilib, ko’pchilik bosh og’riqdan shikoyat qilar ekan, vrachlar aholiga maskada yurishni maslahat bermoqda.

Rossiyada bunday jazirama, quruq yoz tarixda bo’lgan emas, deydi mutaxassislar.Rossiya g’arbida yong’inlar avjida.

Manzara bilan batafsil mana bu suratlarda tanishing.

Ba’zi qishloqlar butunlay kuyib kulga aylangan; quyuq tutun aholi salomatligiga xavf solmoqda.

Voronej oblastida vaziyat o’ta mushkul. Rasmiylarning aytishicha, yong’in kamida 600 odamni xonavayron qilgan.

Region o’t o’chiruv xizmati rahbari Igor Vlaznev “yomg’irni kutib yashayapmiz, hozir eng muhimi shu” deydi.

Putin ofat domida qolgan regionlar rahbariyatini tanqid qilib, tezkor chora ko’rmaganlikda ayblagan.

Mas’uliyatsiz rasmiylar ishdan bo’shatiladi, deydi Putin. Uning aytishicha, vayron bo’lgan binolar oktyabrga qadar qayta quriladi. Buning uchun 150 million dollar ajratilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG