Putin Ollandni aloqalarni tiklashga chaqirdi

  • Amerika Ovozi

Rossiya va Fransiya rahbarlari - Vladimir Putin va Fransua Olland, Yerevan, 24-aprel, 2015-yil

Rossiya va Fransiya rahbarlari - Vladimir Putin va Fransua Olland, Yerevan, 24-aprel, 2015-yil

Yerevanda armanlarning 1915-yilgi qirg’iniga bag’ishlangan xotira marosimida qatnashgan Fransiya va Rossiya prezidentlari Ukrainadagi vaziyat xususida ham gaplashgan. Rossiya va Fransiya Minsk-2 sulhining homiylaridan bo’lib, Germaniya va Ukraina bilan birga bitimni fevral oyida Belarus poytaxtida imzolagan.

"Minsk bitimining ijrosi ikki davlat o’rtasidagi g’ovdan o’tishga yordam beradi”, - deydi Fransua Olland.

Fransiya, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Ukraina Rossiyani bitim shartlarini bajarmayotganlikda, Ukraina sharqidagi isyonchilarni qurol bilan ta’minlayotganlikda ayblab keladi.

Vladimir Putin Ollandni so’nggi bir yilda Ukrainadagi voqealar sabab sovuqlashgan Rossiya-Fransiya munosabatlarini tiklashga chaqirdi.

"Afsuski, aloqalarimiz ahvoli yaxshi emas, savdo oboroti, jumladan Fransiya bilan kichraymoqda. Munosabatlarni tiklash yo’llarini izlashimiz kerak, chunki bundan barchamiz manfaatdor”, - dedi Putin Ollandga.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG