Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, nima o’zgardi?

  • Jeyms Bruk

Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, nima o’zgardi?

Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, nima o’zgardi?

Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, o’shanda e’lon qilingan sulh shartlari haligacha bajarilmagan. “Amerika Ovozi” yaqinda Janubiy Osetiya chegarasida bo’lib, vaziyat bilan tanishdi.

Yevropa harbiy kuzatuvchilar missiyasi a’zosi Adam Bartniki baland minoradan turib, Rossiya nazorati ostidagi hudud - Janubiy Osetiyani kuzatadi.

Uning aytishicha, so’nggi payt bu yerda Rossiya harbiy bazalari ko’paymoqda.

“O’ndan ziyod inshootni qurib bitkazishdi, yangilari ustida ish ketmoqda”, - deydi polyak ofitser.

Baland devorlar bilan to’silgan bu bazalarda besh ming rus chegarachilari xizmat qiladi. Urushdan oldingi davrga qiyoslanganda, ularning soni bugun 10 karra ko’p.

Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, nima o’zgardi?

Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, nima o’zgardi?

Chegaradagi Ernegeti qishlog’ida deyarli hech kim yo’q. Besh kunlik urushda kuli ko’kka sovurilgan fermalarni ko’rish mumkin. Lia Chlachidze xarobalar ichida yashaydi.

“Ota-onamning qabri narigi tomonda, Rossiya ishg’ol qilgan yerda qolib ketdi. Borib ziyorat qilishga imkon yo’q. Axir, bu fojia”, - deydi gruzin ayol.

Bir paytlar savdo-sotiq qizigan bu qishloq hozir Gruziya sarhadiga aylangan. Sal narida qattiq qo’riqlanadigan tekshiruv punkti, hech kimni qo’yishmaydi.

Gori shahridagi qochqinlar lagerida odamlar tirikchilik bilan ovora. Nanuli Pervashvili janglar boshlangach, Janubiy Osetiyadagi uyini tashlab ketgan. “O’zimiz bilan hech narsani olib keta olganimiz yo’q”, - deydi u.

Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, nima o’zgardi?

Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, nima o’zgardi?

8-avgust, Rossiya-Gruziya urushining uch yilligi yaqinlashgan sari, poytaxt Tbilisida siyosiy tortishuvlar ham avjida. “Nimani bayram qilayapmiz o’zi”, - deb so’raydi muxolifati yetakchisi Nino Burjanadze.

“O’tgan yili hukumatimiz 8-avgustni konsert va mushakbozlik bilan qarshiladi. Urushda g’alaba qilgan bo’lsak, boshqa gap. Yoki xalq hech narsadan bexabarmi?” - deydi Burjanadze.

Gruziya Tashqi ishlar vazirligining javobi shuki, Kreml bu davlatga so’zini o’tkaza olgmagani, o’ziga ma’qul odamlarni hokimiyatga keltira olmagani – nishonlashga arzigulik voqea.

“Gruziya Rossiya hamlasini qaytara oldi, davlatchilik saqlab qolindi. Kremlning maqsadi aslida Janubiy Osetiya va Abxaziyani bosib olish emas, tuzumni o’zgartirish edi. Bunga erisha olmadi”, - deydi Gruziya tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Tornike Gordadze.

Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, nima o’zgardi?

Rossiya-Gruziya urushidan uch yil o’tib, nima o’zgardi?

Ayni paytda amerikalik murabbiylar Gruziya zobitlari malakasini oshirish bilan band. So’rasangiz, ularni Afg’onistonga yuborish uchun tayyorgarlik, deb izoh berishadi.

Ammo AQSh-Gruziya o’rtasidagi qo’shma mashqlar, ko’pchilik nazarida shundan dalolatki, G’arb uch yil oldingi urushni unutmagan va Rossiyaning harakatlarini yaqindan kuzatib turibdi.

XS
SM
MD
LG