Rossiyada "Islomiy davlat"ga aloqadorlikda gumonlanib yetti kishi hibsda

  • Amerika Ovozi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati binosi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati binosi

Rossiya xavfsizlik kuchlari "Islomiy davlat" jangari guruhiga aloqadorlikda gumonlangan yetti kishini hibsga olgan. Qo'lga olingan shaxslar Moskva, Sankt-Peterburg shaharlarida va Sverdlovsk viloyatida terror xurujlarini rejalaganlikda ayblanmoqda.

Federal Xavfsizlik xizmati e'lon qilgan bayonotga ko'ra, ayblanuvchilar Yekaterinburg shahrida qo'lga olingan. Ular xurujlarni amalga oshirib, so'ng Suriyaga jo'nab ketishni rejalayotgan edi, deyiladi bayonotda.

Qo'lga olinganlarning uyi tintuv qilinganda, qurollar, granatalar, portlovchi moddalar va bomba yasovchi laboratoriya topilgan.

Guruh rahbari "Islomiy davlat"ning a'zosi bo'lib, Rossiyaga Turkiya orqali kirgani aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG