Rossiyada yana bir jurnalistga hujum, faollar adolat talab qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Oleg Kashin 6 noyabrda uyi oldida qattiq kaltaklangan

Oleg Kashin 6 noyabrda uyi oldida qattiq kaltaklangan

Rossiyada yaqinda jurnalist Oleg Kashinning noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangani mamlakatda matbuot xodimlariga nisbatan munosabat va axborot erkinligi qanday ekanini ko'rsatadi.

Kashin ekologik muammolarni yoritgan. Shu oy boshida uyi oldida qattiq do'pposlangan. Jurnalist Moskva oblasti Ximki o’rmonidagi vaziyatga diqqat qaratgani uchun ta'qib ostiga olinganini aytadi.

Muxolifatchi Vladimir Milov Moskva militsiya boshqarmasi oldida namoyish qilmoqda

Muxolifatchi Vladimir Milov Moskva militsiya boshqarmasi oldida namoyish qilmoqda

Ekologlar Moskva-Sankt-Peterburg yo’nalishi bo’yicha yangi trassa qurilishi rejasiga qarshi chiqib, o’rmonga zarar yetishi haqida ogohlantirmoqda.

Oleg Kashin “Kommersant” gazetasi muxbiri. U nafaqat Ximki o’rmonidagi og'ir vaziyat balki muhojirlarga qarshi chiqishlari va millatchi g'oyalari bilan tanilgan “Nashi” harakati xususida ham yozib keladi.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev aybdorlarni topib, jazolash kerak degan.

Ximki o’rmoni muhofazasi bilan shug’ullanayotgan guruh rahbari Yevgeniya Chirikova o’tmishda unga bu jurnalistga do’q-po’pisa qilinganini bildiradi.

Pushkin maydonida namoyish... Faollar matbuot va so'z erkinligi talab qilmoqda.

Pushkin maydonida namoyish... Faollar matbuot va so'z erkinligi talab qilmoqda.

Yana bir aktivist Yaroslav Nikitenkoning aytishicha, Ximki masalasini ko'targan boshqa jurnalist va faollarga ham hujumlar uyushtirilgan.

“Ximkinskaya Pravda” gazetasi sobiq muxbiri, trassa loyihasi yuzasidan tanqidiy materiallar yozgan yana bir jurnalist Mixail Beketov qariyb ikki yil ilgari shu qadar kaltaklangan ediki, bugun na yura oladi, na gapira oladi.

Mahalliy faollardan biri Konstantin Fetisov ham yaqinda kaltaklanib, haligacha kasalxonada.

Ximki o’rmoniga doir masala bu yil Moskvada katta siyosiy janjalga aylangan edi. Ko’zga ko’ringan shaxslar ishtirokida o’tkazilgan kampaniya va namoyishlar oqibatida Rossiya prezidenti Moskva-Sankt-Peterburg trassasiga g’ov bo’layotgan daraxtlarni kesishni vaqtincha to’xtatishga ko’rsatma bergan.

Muxolifat yetakchilaridan biri Boris Nemstov fikricha Oleg Kashinni kaltaklash rasmiylar tomonidan buyurilgan

Muxolifat yetakchilaridan biri Boris Nemstov fikricha Oleg Kashinni kaltaklash rasmiylar tomonidan buyurilgan

Kreml nazorati ostidagi NTV telekanali yaqinda o’rmon va u bilan bog’liq jinoyatlarga e’tibor qaratib, tanqidiy dastur tayyorlagan.

Siyosiy axborot markazi direktori Aleksey Muxin nazarida markaziy hukumat bunday ko’rsatuvlar bilan mahalliy hokimlarni lavozimidan chetlatishga harakat qilmoqda.

Kreml obro’si to’kilgan siyosatdonlardan shu tariqa qutulmoqda, deydi tahlilchi.

Markaziy televideniye Moskva shahar sobiq hokimi Yuri Lujkov borasida ham tanqidiy ko’rsatuvlarni efirga berib, lavozimidan chetlashga hissa qo’shgan edi.

Kuzatuvchilar nazarida Rossiyada haqiqat kuychilari juda ko'p, ammo o'tgan yillarda mamlakatda bir necha jurnalist o'ldirib ketilgani axborot vositalari va ularga ishlaydigan insonlar hayoti xavf ostida qolayotganini anglatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG