Xodorkovskiyning hamrohi Platon Lebedev ozod

  • Amerika Ovozi

Platon Lebedev muddatidan uch oy oldin qamoqdan chiqishga ruxsat oldi.

Platon Lebedev muddatidan uch oy oldin qamoqdan chiqishga ruxsat oldi.

Rossiyada sobiq tadbirkor Mixail Xodorkovskiyning hamrohi Platon Lebedev qamoqdan ozod qilindi.

Oliy sud bugun shu haqda hukmini e’lon qildi. Arxangelskda o’tirgan, 57 yoshli Lebedevning qamoq muddati mayda nihoyasiga yetishi kerak edi.

Xodorkovskiyning o’zi o’tgan oy amnistiya munosabati bilan turmadan qo’yib yuborilgan edi.

Ular erta erkinlikka chiqar ekan, Kreml bu bilan Sochidagi Olimpiya o’yinlari oldidan nomini oqlamoqchi.

Har ikkisi soliq to’lashdan bo’yin tovlash va qalloblik aybi bilan 10 yildan oshiq qamoqda o’tirgan. Bu ayblov siyosiy fitna ekani haqida da'volar bor.

Lebedev va Xodorkovskiyga qo'yilgan millionlab dollar soliq to'lamaganlik aybi hamon kuchga qolayapti.

Turmadan chiqiboq Rossiyani tark etgan Xodorkovskiy aynan shu ayblov bois ham vatanga qaytmoqchi emas. "Yana chiqib keta olishim gumon", - deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG