Xodorkovskiy: Onam kasal ekani uchun ozodlikka chiqdim

  • Amerika Ovozi

Berlin, 20-dekabr 2013

Berlin, 20-dekabr 2013

Rossiyada 10 yil qamoqda o’tirgan sobiq oligarx Mixail Xodorkovskiy prezident Vladimir Putin tomonidan gumanitar sabablarga ko’ra avf etilgach hozir Germaniyada onasining oldida.

Siyosiy mahbuslar ichida eng yirigi deya tanilgan bu shaxs ozodlikka chiqiboq chet elga ketdi va Berlinda Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Gans-Ditrix Gensher va boshqa taniqli arboblar tomonidan kutib olingan.

Xodorkovskiy deydiki, u Putindan aynan onasi kasal ekani bois uni qo’yib yuborishni so’ragan.

Jinoyat kechirildi degan gap yo’q, deydi moliyaviy tovlamachilik va soliq to’lamaganlik singari ayblovlarni hech qachon bo’yniga olmagan Xodorkovskiy.

Uning tarafdorlari nazarida oligarx Putinga qarshi tomonlarni quvvatlagani uchun jazolangan.

Amerika Kreml qarorini olqishlab, Rossiyani muxolifat va tanqidchilarni asossiz ta’qib etishni to’xtatishga undamoqda. Adliya tizimi oshkora va adolatli ishlashi uchun yo’l bering, deydi Davlat kotibi Jon Kerri o’z bayonotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG